Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashagan oila turmushdagi kelishmovchiliklar sabab ajrashib ketgan. Shu ortidan ayol ota uyiga qizlarisiz qaytishga majbur bo‘lgani aytilmoqda. Ona esa farzandlarini sog‘inib, ularni olib ketish umidida bir necha bor sobiq turmush o‘rtog‘ining uyiga borgan, lekin har safar eshik oldidan qaytarilgan, hatto qizchalarni ko‘rishga ham ruxsat berilmagan.
Bu holatga chiday olmagan ona sudga murojaat qilgan. Sud qarori bilan bolalarni ona tarbiyasiga topshirish haqida ijro hujjati chiqarilib, ish MIBning tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Ijro harakatlari jarayonida esa qizchalar ataylab yashirilgani ma’lum bo‘lgani uchun rasmiy qidiruv e’lon qilingan.
Tezkor tadbirlar natijasida qizchalar Toshkent shahrida, amakisining uyida ekani aniqlangan. Qizaloqlar olib kelinib, onasi bag‘riga qaytarilgan. Bu voqea yana bir narsani eslatadi: bolalarni “baxs predmeti”ga aylantirish oson, lekin ularning ruhiyatini tiklash eng qiyin — shuning uchun bunday vaziyatlarda qonun ham, vijdon ham birinchi o‘rinda turishi kerak.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Jizzaxda ajrimdan keyin yashirilgan qizaloqlar onasiga qaytarildi
So’nggi yangiliklar
Argentinada di Mariya simulyatsiya ayblovlari ostida qoldi
Bugun, 11:59
17 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:57
Shvetsiya o‘z pulidan voz kechmoqda: yevroga o‘tishni muhokama qila boshladi
