in

Jasorat ko'rsatgan marhum inspektor oilasi uy bilan ta'minlandi

Toshkent shahrida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan yo’l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovning oilasi davlat e’tiboriga olindi. Xizmat vazifasini o’tash vaqtida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etgan xodimning yaqinlariga poytaxtdan yangi xonadon kalitlari topshirildi.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida o’tkazilgan tantanali tadbirda marhum kichik serjant Hosilbek Eshnazarovning ko’rsatgan jasorati alohida e’tirof etildi. Yig’ilishda xodimning otasiga davlatimiz rahbari farmoni bilan berilgan “Jasorat” medali tantanali ravishda topshirildi. Ushbu tadbirda marhumning onasi, turmush o’rtog’i va farzandlari ham ishtirok etishdi.

Eslatib o’tamiz, Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori bo’lgan Hosilbek Eshnazarov joriy yilning 3 mart kuni o’z xizmat vazifasini bajarish chog’ida halok bo’lgan edi. Uning ko’rsatgan mardligi va fidoyiligi davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, vafotidan so’ng “Jasorat” medali bilan mukofotlangan edi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Jasorat ko’rsatgan marhum inspektor oilasi uy bilan ta’minlandi

So’nggi yangiliklar

Bungie studiyasidan yangi Marathon o'yini chiqdi

Bugun, 11:43

O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi rahbar tayinlandi

Bugun, 11:26