in

Dohada 48 nafar o‘zbekistonlik reysi bekor bo‘lib, aeroportda qolib ketdi

Ma’lum qilinishicha, 28 fevral kuni Qatar havo hududi vaqtincha yopilgani sabab Toshkentga qaytishi kerak bo‘lgan 48 nafar o‘zbekistonlik Doxa aeroportida qolib ketgan. Favqulodda holat tufayli aviakompaniyalar yo‘lovchilarni mehmonxona bilan ta’minlay olmagan.

Shu sharoitda elchixona xodimlari zudlik bilan aeroportga yetib borgan. Olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolar, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali yordam so‘ragan vatandoshlar vaqtinchalik mehmonxonalarga joylashtirilgan.

Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, Qatar havo hududi ochilib, parvozlar qayta tiklanishi bilan fuqarolarning Vatanga xavfsiz qaytishi ta’minlanadi. Vaziriyat elchixonaning doimiy nazoratida ekani, yo‘lovchilar ro‘yxati muntazam yangilanib borilayotgani aytilgan.

Shuningdek, diplomatik vakolatxona o‘zbekistonliklarni sarosimaga tushmaslikka, faqat rasmiy manbalarga ishonishga hamda xavfsizlik uchun odamlar gavjum joylardan tiyilib, mahalliy qonun-qoidalarga amal qilishga chaqirgan.

Murojaat uchun elchixona konsuli Otabek Muratov bilan (+974 5141 1001) bog‘lanish mumkinligi ma’lum qilingan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» Dohada 48 nafar o‘zbekistonlik reysi bekor bo‘lib, aeroportda qolib ketdi

So’nggi yangiliklar

Real va Xetafer uchrashuvida favorit kim ekani aytildi

Bugun, 11:55

Gvardiola Zidan futbol uchun noyob shaxs ekanini aytdi

Bugun, 11:46

Infantino Prestiannga Viniusius bilan vaziyatda qizil berish kerak dedi