in

Bir oyda qariyb 100 milliard so‘mlik gaz va “svet” o‘g‘irlandi

O‘tgan oktyabr oyi davomida mamlakat bo‘ylab energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari keskin oshgani ma’lum bo‘ldi. Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, faqat bir oy ichida tizimga qariyb 100 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan keng ko‘lamli tekshiruvlar chog‘ida 192 ta holatda iste’molchilar tomonidan energiya manbalaridan noqonuniy tarzda foydalanilgani aniqlangan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, fuqarolar va ayrim korxonalar 22,3 million kVt soat elektr energiyasini (63,9 milliard so‘m qiymatda) hamda 11,4 million kub metr tabiiy gazni (35 milliard so‘m qiymatda) hech qanday hisobsiz sarflagan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy zarar 99 milliard 15 million so‘mni tashkil etgan.

Bundan tashqari, energiyadan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq 479 ta ma’muriy ish rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bunday holatlar nafaqat iqtisodiy yo‘qotishlarga, balki umumiy ta’minot tizimidagi barqarorlikka ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatidagi bir mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 4,6 milliard so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy yo‘l bilan ishlatgan holat fosh etilgan edi.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });