Toshkent shahrining Bektemir tumanida noxush holat yuz berdi. “Gulbog'” mahalla fuqarolar yig’ini hududidan o’tuvchi Turkiston ko’chasidagi o’rta bosimli gaz quvuriga yuk mashinasi kelib urildi. Ushbu to’qnashuv oqibatida quvur jiddiy shikastlanib, hududdagi 250 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatildi.
Ayni damda voqea joyida tuman gaz ta’minoti bo’limining maxsus avariya brigadasi ish olib bormoqda. Mutaxassislar shikastlangan qismni ta’mirlash va xavfsizlikni ta’minlash choralarini ko’rishmoqda. Ta’mirlash ishlari yakunlangach, gaz ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanishi ma’lum qilindi. Fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so’raymiz.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Bektemir tumanida gaz quvuri shikastlandi
So’nggi yangiliklar
Apple o'z mahsulotlari qatorini Ultra qurilmalar bilan kengaytiradi
Bugun, 11:04
Arman Sarukyan mart oyida ikki jang bilan yana oktagonga qaytmoqda
Bugun, 10:57
