Andijonda tadbirkorni yollanma qotil orqali o‘ldirmoqchi bo‘lgan bir guruh shaxslar ushlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati
xabar berdi
.
Ma’lum qilinishicha, 2026 yilning 4 fevral kuni yakka tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi shaxs Andijon tuman IIBga o‘ziga nisbatan uyushtirilayotgan suiqasd bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan. U 5 nafar jinoyatchidan iborat uyushgan guruh 1 500 dollar evaziga qotil yollab, uni qasddan o‘ldirishni kelishganini bildirgan hamda yordam so‘ragan.
Shundan so‘ng Paxtaobod tumani hududida Andijon viloyati IIB, Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat prokuraturasi hamkorligida maxsus tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Jarayonda guruh yetakchisi, muqaddam Jinoyat kodeksining 8 ta moddasi bilan sudlangan 42 yoshli “Ronaldo” laqabli shaxs ekani aniqlangan. U 2000 yilda tug‘ilgan, muqaddam 7 marta sudlangan yollanma qotilga tadbirkorni qasddan o‘ldirib berish evaziga 1 500 dollar taklif etib, shundan 300 ming so‘m berganda ushlangan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, guruhning boshqa a’zolari – 1984 yilda tug‘ilgan Paxtaobod tumani tibbiyot birlashmasining “Glavrach” laqabli boshlig‘i, “Boksyor” laqabli 42 yoshli shaxs, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro hamda 23 yoshli talaba qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan guruh a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “p” bandi (bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Jamiyat
» Andijonda tadbirkorni qotil yollab o‘ldirishga uringan shaxslar ushlandi
So’nggi yangiliklar
Maykl Kerrikning yanvari oyi Angliyada "shov-shuv"ga to‘ldi…
Bugun, 11:58
Naumov Mourinyo uchun Saudiya chempionatini mos ko'rdi
Bugun, 11:53
Denis Kazanskiy Nyukasl uchun turgunlik davri boshlanganini aytdi
Bugun, 11:52
