in

33 yoshli erkak onasini bolta bilan o‘ldirdi

Bugun, 30 mart kuni Ozarbayjonda 33 yoshli erkak onasini boltalab, o‘zini esa yoqib o‘ldirdi. Bu haqda “Oxu.az” nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Anar Allohberdiyev 1959 yilda tug‘ilgan onasi Chechak Serdarovaga hujum qilib, uni bolta bilan o‘ldirgan.

Voqeadan keyin erkak o‘z joniga qasd qilgan. U o‘ziga yonuvchan suyuqlik sepib, yong‘in qo‘ygan. Olingan og‘ir tan jarohatlari sababli u ham hodisa joyida vafot etgan.

Hodisa sodir bo‘lgan hududga tezkor ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va favqulodda xizmatlar yetib keldi. Hozirda voqea joyi o‘rganilmoqda va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari hozircha noma’lum. Hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tergov ishlari davom etmoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Jamiyat

» 33 yoshli erkak onasini bolta bilan o‘ldirdi

So’nggi yangiliklar

O‘zbekistonlik taekvondochilar Antalyada uchta medal bilan quvontirdi

Bugun, 11:57

Xitoy «jamoaviy fikrlaydigan» yangi avlod jangovar robotlar yaratdi (video)

Bugun, 11:51

Shaxzod Muzaffarov 1/8 finalda ishonchli g‘alaba bilan oldinga yurdi

Bugun, 11:49