Tish va milklar og‘riganda hamda yonoqlar shishganda iloji boricha tezroq stomatologga murojaat qilish kerak. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, tish og‘rig‘i yarim tunda yoki uzoq yo‘lga chiqqanda bezovta qiladi. Bu holatda shifokorga yetib borguncha mustaqil tez tibbiy yordam orqali og‘riqni vaqtincha to‘xtatib turish
mumkin
.
Tish va milk og‘rig‘i sabablarini aniqlash
Ko‘pincha yaqinda davolangan tishda og‘riq kuzatiladi. Milklarda yoki tish ostida yallig‘lanish jarayoni rivojlangani sababli og‘riq paydo bo‘ladi. Kasallik jiddiy tus olganda shish kuzatiladi. Avvaliga shish deyarli sezilmaydi, keyin u asta-sekin o‘sib boradi va juda og‘riqli bo‘ladi.
Yallig‘lanishning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
shifokorga tashrif buyurgandan keyin noto‘g‘ri davolanish yoki mexanik shikastlanish sababli shish paydo bo‘ladi yoki kasallik rivojlanib ketadi;
yangi tish chiqayotgan paytda ham milk shikastlanadi, bu esa shish paydo bo‘lishiga olib keladi;
chaqaloqlardan tashqari katta yoshli insonlarda ham sut va aql tishi o‘sishi jarayonida shish paydo bo‘ladi;
ko‘p hollarda milkning shishishi kariyesdan, qattiq mahsulot iste’mol qilgandan yoki tishlarni noto‘g‘ri yuvishdan kelib chiqadi.
Tish og‘rig‘i va yonoqlar shishganda birinchi tez tibbiy yordam
Tish og‘riganda va milkda shish paydo bo‘lganda og‘riqni to‘liq bartaraf etmasa ham, yengillashtiradigan samarali usullar mavjud:
Yallig‘lanishni soda va tuzli eritma (bir stakan suvga 0,5 choy qoshiqdan tuz va soda) bilan chayish orqali yengillashtirish mumkin;
Soda eritmasidan (bir stakan suvga 2 osh qoshiq soda) antiseptik sifatida foydalanish mumkin;
Shishgan milkni propolisli eritma bilan chayish mumkin;
Bir choy qoshiq dorivor o‘tlar (moychechak, shalfey, eman po‘stlog‘i) ni bir stakan qaynoq suvga solib, damlama tayyorlang. U tinchlantiruvchi va shishni kamaytiruvchi xususiyatga ega;
Agar tish atrofidagi milk shishgan bo‘lsa, uni barmoqlar bilan uqalash, propolisning spirtli eritmasi bilan kompress qilish yoki muz surtish mumkin;
Agar yallig‘lanish kariyesdan kelib chiqqan bo‘lsa, maydalangan sarimsoq va oddiy piyozdan og‘riyotgan joyga kompress qilinadi.
Yallig‘langan sohani isitish mumkin emas, chunki issiqlik yiring hosil bo‘lishini tezlashtiradi va og‘riqni kuchaytiradi.
Mavzuga oid yangiliklar