in

Tadqiqot: choy va qahva diabet xavfini kamaytiradi

Choy, qahva va sabzavotlar tarkibidagi achchiq polifenollar maxsus retseptorlarga ta’sir ko‘rsatib, semirish va qandli diabet bilan kasallanish xavfini kamaytiradi. Shu yo‘nalishda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari Food Bioscience jurnalida e’lon

qilindi

.

Biologik faol polifenol birikmalari o‘simliklarga kiruvchi oziq-ovqatlar — mevalar, sabzavotlar, don-urug‘lar, choy va qahva tarkibida mavjud. Achchiq ta’mi bilan ajralib turuvchi bu birikmalar, hazmi qiyinligi sababli, organizmdan chiqib ketishiga uzoq vaqt (bir kungacha) ketadi. Ayrim tadqiqotlar polifenollar hujayralarning shakarni sezuvchanligini oshirib, diabet kelib chiqishi xavfini kamaytirishini ko‘rsatmoqda.

Yangi tadqiqotda olimlar polifenollarning diabetga qarshi samaradorligida ularning T2R-retseptorlar bilan o‘zaro ta’siri katta rol o‘ynashini ko‘rsatib berishdi. Buning natijasida oshqozon-ichak yo‘llari gormonlari ishlab chiqarilishi oshib, semirish va diabetga olib keluvchi xatarlar ozaygan.