Taniqli shifokor Aleksandr Myasnikov inson organizmining haqiqiy holatini anglash uchun qon tahlilida qaysi ko‘rsatkichlar alohida ahamiyatga ega ekanini tushuntirdi. Uning ta’kidlashicha, har bir inson o‘z salomatligi haqida minimal darajada bo‘lsa ham to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, tahlil natijalarini anglay olishi muhim.
Myasnikov o‘zining Telegram-kanalida yozishicha, birinchi navbatda umumiy qon tahlili va gemoglobin darajasiga e’tibor qaratish zarur. Bu ko‘rsatkich — salomatlik holatini baholashda asosiy belgi.
Shifokorning ta’kidlashicha, gemoglobinning pasayishi turli sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:
“Agar gemoglobin 70 atrofiga tushib ketsa, bu ko‘p hollarda temir tanqisligiga xos kamqonlik belgisidir. Agar 100 yoki undan yuqori bo‘lsa, sababni B12 vitamini yetishmasligi, foliy kislotasi kamligi yoki qalqonsimon bez faoliyati buzilishida izlash kerak.”
Myasnikov qand miqdorini ham muntazam tekshirib borishni muhim deb hisoblaydi. Uning fikricha, och qoringa glyukoza darajasini kuzatib borish va lipid profilini tahlil qilish — yurak-qon tomir tizimi xavflarini oldindan aniqlashda juda qo‘l keladi.
Shifokorning ta’kidlashicha, faqat umumiy xolesterin miqdorini bilish yetarli emas.
“Past zichlikdagi xolesterin tomirlarni tiqin qiladi, yuqori zichlikdagisi esa, aksincha, qon tomirlarini ‘tozalaydi’. Shunday ekan, har ikkisini alohida ko‘rish kerak”, — deydi Myasnikov.
U yallig‘lanish ko‘rsatkichlariga ham alohida to‘xtaldi. C-reaktiv oqsildan tashqari, ferritin darajasi ham muhim signal ekani aytiladi.
“Ferritin faqat temir zaxirasi emas. Yallig‘lanish jarayonlarida ham oshadi. Aynan koviddan keyin bemorlarda ferritin ko‘payishi tez-tez uchramoqda”, — deya qayd etdi shifokor.
Myasnikov ECHT (eritrotsitlar cho‘kish tezligi) haqida ham eslatib o‘tdi va ayollar uchun uning sodda formulasi mavjudligini ta’kidladi:
“Yoshni ikkiga bo‘lasiz — shu siz uchun taxminiy me’yor. Masalan, 60 yosh bo‘lsa, ECHT taxminan 30 atrofida norma hisoblanadi.”
Mutaxassisga ko‘ra, qon tahlillarini to‘g‘ri talqin qilish insonni ortiqcha xavotirlardan asraydi, shu bilan birga, salomatlikdagi muammolarni vaqtli aniqlash imkonini beradi.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
