in

Qaysi moddalar yetishmasligi uyqusizlikni keltirib chiqaradi?

Foydali ozuqa moddalarining tanqisligi tufayli uyqusizlik vujudga kelishi mumkin

“,

deydi

diyetolog D.Semiryadov.

Bunday moddalardan biri magniy bo‘lib, u uyqu rejimi normal bo‘lishini ta’minlaydigan melatonin va gamma-aminomoy kislotasi — neyrotransmitter ishlab chiqarilishiga yordam beradi. Shuningdek, bu element mushaklarni bo‘shashtirishga va asabiy taranglikni bartaraf etishga ham yordam beradi

“, deya tushuntirdi mutaxassis.

Uyqusizlikni keltirib chiqaradigan keyingi sabab esa temir moddasining yetishmasligidir. Temir tanqisligi bilan kechadigan anemiyada oyoqlar titrashi tez-tez bezovta qiladi, bu esa uyqu sifatiga salbiy ta’sir qiladi.

Qo‘shimcha tarzda aytilishicha, uyqusizlik C va E vitaminlari yetishmasligi tufayli ham yuzaga keladi. Mazkur antioksidantlar o‘rnini to‘ldirish orqali hujayralar shikastlanishdan himoya qilinadi va tezda uxlab qolishga zamin yaratadi.

Xulosa o‘rnida shifokor D vitamini miqdorini doimiy nazorat qilishni tavsiya qildi, chunki uning yetishmasligi uyqu sifatini buzadi va aksincha, D vitamini miqdori oshib ketishi kun davomida uyquchanlik hissi ko‘payishiga olib keladi hamda tungi uyqu fazalari buziladi.

Sizda aynan qaysi vitamin va minerallar yetishmasligini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashing, mutaxassis kerakli holda sizga tegishli tahlillarni topshirishni buyuradi.

Mavzuga oid yangiliklar