in

O‘zbekistonda 4 buyrak bilan yashayotgan bemor sog‘lom hayot kechirmoqda

Milliy Tibbiyot Markazida 4 yil avval chet elda buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan, ammo keyinchalik buyrak yetishmovchiligi bilan murojaat qilgan bemorga takroriy buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Bemor ilgari transplantatsiya qilingan buyrakning funsional yetishmovchiligi sababli markazga murojaat qilgan. Markazning yuqori malakali transplantologlari tomonidan yangi buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tib, bemorning qayta hayotga qaytdi.

Hozirda bemorning sog‘lig‘i barqaror bo‘lib, u markazning tibbiy nazoratida. Ushbu amaliyot Milliy Tibbiyot Markazining murakkab operatsiyalarni o‘tkazishdagi yuqori tajribasi va malakasidan dalolat beradi.

Ctrl

Enter