in

Olimlar: Ob-havo o‘zgarishi yurak xuruji xavfini sezilarli oshiradi

Olimlar olib borgan ilmiy tadqiqotlar ko‘rsatdiki, turli ob-havo sharoitlari miokard infarkti rivojlanishi ehtimoliga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Pekindagi kardiologiya markazlaridan 10 yil davomida qayd etilgan 11 527 nafar bemorning ma’lumotlari tahlil qilindi va ular kunlik meteorologik ko‘rsatkichlar bilan solishtirildi.

Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, infarkt holatlari ko‘proq past harorat, kun davomidagi haroratning keskin o‘zgarishi hamda yumshoq shamol kuzatilgan kunlarda ro‘y bergan. Shu bilan birga, namlik va yog‘ingarchilik miqdori ham shunday kunlarda kamroq bo‘lgani aniqlangan.

Olimlar mashinali o‘qitish modellari orqali infarkt xavfi oshishiga ta’sir qiluvchi asosiy ob-havo omillarini aniqladilar. Eng muhim faktor sifatida kunlik harorat farqining keskin o‘zgarishi topildi — aynan shu omil infarkt holatlari sonining ortishiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan.

Mualliflar fikricha, bunday tahlil va modellar kardiologiya markazlariga bemorlar oqimini oldindan baholash, tibbiy xizmatlarni samarali taqsimlash va yuklamani minimallashtirishda katta yordam beradi. Keyingi tadqiqotlarda olimlar ob-havo ma’lumotlariga bemorlarning yoshi, jinsi va boshqa individual xususiyatlarni qo‘shib, prognoz aniqligini yanada oshirishni rejalashtirganlar.

Bunda maqsad — tibbiy xizmatlar va favqulodda holatga tayyorlikni takomillashtirish hamda aholi salomatligini saqlash bo‘yicha samarali yondashuvni ta’minlash.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Salomatlik

» Olimlar: Ob-havo o‘zgarishi yurak xuruji xavfini sezilarli oshiradi

So’nggi yangiliklar

Hafta davomida qayerlarda yomg‘ir yog‘ishi ma’lum bo‘ldi

Bugun, 12:02

Osiyoning eng qimmat futbolchilari reytingida Husanov yetakchilik qilmoqda

Bugun, 11:58

Bugun ham metan “zapravka”lari cheklangan rejimda ishlaydi

Bugun, 11:53