in

Olimlar depressiyaga tushib qolmaslikning yana bir samarali usulini aniqladi

Kastiliya La-Mancha universitetining ispan olimlari piyoda yurishning foydalari bo‘yicha yangi tadqiqotlar natijasini e’lon qildi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, kuniga 10 ming qadam yurish depressiya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Inson kuniga qanchalik ko‘p piyoda yursa, tushkunlikka tushish ehtimoli shunchalik kamayadi, deb

yozadi

Medical Xpress.

Olimlar turli mamlakatlardan kelgan 96 ming nafar o‘rta va katta yoshli insonlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 33 ta tadqiqotni ko‘rib chiqdi. Ma’lumotlarni to‘plash uchun har bir qadam sonini kuzatishga mo‘ljallangan fitnes bilaguzuklaridan foydalanilgan.

Dastlabki tadqiqotlar sifatida besh ming qadam yurgan odamlar tekshirildi. Ma’lum bo‘lishicha, 5 ming va undan ko‘p qadam yurganlarda depressiyaga tushish ehtimoli 9 foizga kamaygan. Kuniga yetti ming qadam yuradiganlar esa kuniga 5 ming qadam yoki undan kam masofa bosadiganlarga qaraganda depressiya xavfi 31 foizga kam bo‘lgan.

Agar kunlik yurishlar ko‘rsatkichi 7500 qadamdan ortiq bo‘lsa, depressiya xavfi 43 foizga kamayadi. Mazkur natija barcha yosh guruhlariga mansub ayollar va erkaklar uchun birdek mos keladi

”, deydi Estela Himenez-Lopes ismli mutaxassis.

Ammo kuniga 10 ming qadam yurish 7 ming bilan birdek foydali hisoblanadi va tushkunlikka tushish ehtimolini yanada kamaytirmaydi.

Jismoniy faollik tabiiy antidepressant ekanligi avvaldan ma’lum edi, biroq aynan uzoq masofaga yurish aerobika, og‘ir atletika, yoga va tay-chi (Xitoy jang san’ati) kabi murakkab sport turlaridek birdek foydali ekanligi isbotlandi va depressiyaga qarshi kurashning samarali usullari bilan tenglashtirildi.