in

Nonushta qilmay yurish qanday oqibatlarga olib keladi?

Metabolik sindrom — bu tana vaznining ortishi bilan yuzaga keladigan kasallik bo‘lib, periferik to‘qimalarning insulinga sezgirligining pasayishi, metabolizmdagi o‘zgarishlarning barcha turlari, 2-toifa qandli diabet va arterial gipertoniya rivojlanishiga olib keladigan simptomlar majmuasidir. U umr ko‘rish davomiyligining qisqarishiga va sifatining yomonlashishiga olib

keladi

.

Bugungi kunda metabolik sindrom muammosi zamonaviy jamiyatning tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolaridan biri hisoblanadi. Ushbu sindrom yuqori xolesterin, bel atrofida ortiqcha vazn to‘planishi va qon bosimi yuqori bo‘lishi bilan ham ajralib turadi. Ma’lum bo‘lishicha, agar ertalabki eng muhim ovqat — nonushta o‘tkazib yuborilmasa, yuqoridagi barcha jiddiy asoratlarning oldini olish mumkin.

380 nafar ispaniyalik ko‘ngillilar ishtirok etgan uch yillik tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kunlik kaloriyalarning 20-30 foizini tashkil etuvchi to‘yimli nonushta qilish yengil nonushta yoki umuman nonushta qilmaslikdan yaxshiroq. Ayollar uchun o‘rtacha kunlik norma 2000 kilokaloriya, erkaklar uchun esa 2500 kilokaloriyani tashkil qiladi.

Tajriba davomida olimlar kamida 400 kaloriya nonushta iste’mol qilganlarning tana massasi indeksini tekshirilganda, ularning ko‘rsatkichi nonushta qilishni o‘tkazib yuborganlarga qaraganda pastroq ekanligini aniqladi. Ularning bel qismida ham yog‘lar miqdori kamroq bo‘lgan.

Avvaliga ushbu tajriba arzimas va katta ahamiyatga ega emasdek tuyuladi, ammo uzoq yillar shunday kun tartibiga amal qilish ortiqcha vazn bilan bog‘liq jiddiy kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Salomatlik uchun qayg‘urish va surunkali kasalliklarga chalinish xavfini kamaytirish uchun harakatni avvalroq — 40-50 yoshdan avval boshlash kerak.

Ispaniyada o‘tkazilgan tadqiqot muallifi, Barselonadagi ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Karla Alexandra Peres-Vega vaqtida nonushta qilishning muhim ahamiyatini tushuntirdi:

Kaloriyalar, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar to‘g‘ri taqsimlangan va balansli ertalabki taom nafaqat uzoq vaqt ochlikdan keyin energiya va tetiklik beradi, balki umr davomiyligini oshirishga ham o‘z hissasini qo‘shadi

”.

Nyu York universiteti tadqiqotchilari 40 yoshdan oshgan 34 mingdan ortiq amerikaliklar ishtirokida bir necha o‘n yillar davomida tajriba o‘tkazdi. Uning natijalariga ko‘ra, ertalabki soat 6 dan 7 gacha nonushta qilganlarda saraton yoki yurak xastaligi kabi jiddiy kasalliklardan yakun topish ehtimoli 6 foizga kamroqdir.

Mavzuga oid yangiliklar