Milliy tibbiyot markaziga O‘zbekiston Davlat Standarti ISO 9001-2015 ga muvofiqlik milliy sertifikati topshirildi. Bu sertifikat markazning xizmatlari va boshqaruv jarayonlari O‘zbekiston milliy standartlari va xalqaro talablarga mosligini rasman tasdiqlaydi.
Sertifikat topshirish marosimida muassasaning sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari hamda bu boradagi yutuqlari e’tirof etiladi.
Ushbu sertifikat Milliy Tibbiyot Markazi ISO 9001-2015 xalqaro standartiga mos sifatni boshqarish tizimiga ega ekanligini tasdiqlaydi.
O‘ZAKK orqali berilgan ISO 9001 sertifikati markaz obro‘sini oshiradi, yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi va barqaror rivojlanish uchun asos yaratadi.
Ushbu sertifikatning afzvlliklari quydagicha:
1. Ishonch va nufuzni oshirish: ISO 9001-2015 sertifikatiga ega bo‘lish xizmatlarning sifatli va ishonchli ekanini ko‘rsatadi, mijozlar va hamkorlarning ishonchini oshiradi.
2. Tender va xaridlarda qatnashish: Sertifikatsiya davlat idoralari va yirik kompaniyalar bilan ishlashda raqobatdosh afzallik bo‘ladi.
3. Moliyaviy imtiyozlar:
• Soliq solinadigan bazani 5 yil davomida 25%ga kamaytirish.
• Import qilingan uskunalar, shu jumladan tibbiyot diagnostika uskunalari, laboratoriya asboblari, sinov va kalibrovka uskunalari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod qilish.
• Mahsulotlarni lokalizatsiya qilish dasturidan foydalanish.
4. Xalqaro e’tirof: O‘ZAKK orqali akkreditatsiyalangan ISO 9001 sertifikati O‘zbekiston tashqarisida ham tan olinadi, bu markazga xalqaro hamkorlikda yordam beradi.
Bu afzalliklar markazga ichki jarayonlarni yaxshilash, raqobatbardoshlikni oshirish va mablag‘larni tejashda yordam beradi.
Mavzuga oid yangiliklar