Jigar organizmdagi eng muhim organlardan biridir. U organizmga tushadigan toksik moddalarni zararsizlantiradi, qonni filtrlaydi, undan har qanday hosilalarni chiqarib yuboradi. Jigar ko‘p yillar davomida beminnat xizmat qilishi uchun uni yaxshi parvarish qilish kerak. Jigar uchun nimalar foydali ekanini bilib olish zarar
qilmaydi
.
Sarimsoq piyoz
Ushbu mahsulot jigarni detoksikatsiya qilishga yordam beradi. Sarimsoq tarkibidagi allitsin moddasi jigar fermentlarini faollashtirishga xizmat qiladi. Mazkur achchiq sabzavot tarkibida C vitamini va selen mavjud bo‘lib, ular jigarni oksidlanishdan himoya qiladi.
Sarimsoqni turli xil taomlar, jumladan, sho‘rvalar, salatlar va go‘shtli ovqatlarga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.
Greypfrut
Bu meva C vitamini va antioksidantlarga boy bo‘lib, yallig‘lanishni kamaytiradi va jigarni shikastlanishdan himoya qiladi. U filtrlovchi organdagi yog‘larining tezroq parchalanishiga ta’sir qiladi.
Greypfrutni mevali salatlarga qo‘shish yoki undan sharbat tayyorlash mumkin.
Lavlagi
Lavlagida jigarni toksinlardan tozalaydigan antioksidantlar mavjud, bu esa jigarning yaxshiroq ishlashiga imkon beradi.
Lavlagi salat, sho‘rva yoki boshqa sabzavotlar bilan tayyorlanadigan issiq ovqatlarga qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Lavlagili sharbat ham foydalidir.
Olma
Olma tarkibidagi o‘simlik tolalari jigar faoliyati uchun muhimdir, chunki oshqozon singari jigar ham hazm qilish sistemasining bir qismi hisoblanadi.
Olmani o‘z holicha yoki salat, pyure shaklida bo‘tqalar bilan iste’mol qilish mumkin.
Avokado
Avokado tarkibidagi glutation moddasi organizmdagi toksinlarni zararsizlantiradi va jigar faoliyatini yaxshilaydi.
Foydali yog‘larga biy ushbu sabzavotni salatlarga, tostlarga qo‘shilishi yoki undan sous tayyorlash mumkin.
Yashil bargli sabzavotlar
Ismaloq, salat bargi va karam ham jigar uchun juda foydalidir. Ushbu sabzavotlar xlorofill manbai bo‘lib, toksinlardan tozalashga yordam beradi.
Yashil bargli sabzavotlarni turli salatlar, smuzi ko‘rinishida yoki issiq taom bilan qo‘shib iste’mol qilish mumkin.
Yong‘oq
Yong‘oq, bodom va keshyudagi foydali yog‘lar jigar salomatligini saqlaydi va uni xolesterin miqdori oshishidan himoya qiladi.
Sitrus mevalari
Limon va laym tarkibidagi C vitamini toksinlardan xalos bo‘lishga va jigar hujayralari shikastlanmasligiga yordam beradi.
Limon va laym turli ichimliklar, souslar va marinadlarga qo‘shib iste’mol qilinishi mumkin.
Zarchava
Ushbu ziravordagi kurkumin moddasi jigardagi yog‘larni parchalaydi va o‘zida toksinlardan himoya qiluvchi antioksidantlarni saqlaydi.
Zarchava odatda issiq taomlarga qo‘shiladi.
Mavzuga oid yangiliklar