Shifokorlar va parhezshunoslar ortiqcha vazn bilan kurashishning ko‘plab usullari haqida ma’lumot berishadi. Tavsiyalar orasida faol turmush tarzi, kundalik jismoniy mashg‘ulotlar, tonggi badantarbiya, maxsus parhezlar yetakchilik qiladi. Bundan tashqari, ozish vaqtida tavsiya etilmaydigan mahsulotlar ham mavjud. Rossiyalik diyetolog Olga Pavlova ularning bir nechtasini
sanab o‘tdi
.
Shokolad va yong‘oqli pasta
Shifokor Olga Pavlovaning so‘zlariga ko‘ra, parhez tutayotgan aksariyat insonlar shokolad va yong‘oqli pastalar tarkibida uglevodlar oz miqdorda bo‘lgani sababli ozish uchun bezarar deb hisoblaydilar.
“
Bunday pastalar kam miqdordagi uglevodli tarkibiga qaramay, yog‘li mahsulot hisoblanadi va ozish uchun qilingan harakatlar besamar bo‘lishiga olib keladi. Parhez vaqtida oziq-ovqatlarga e’tiborli bo‘ling va ulardagi nafaqat uglevodlar, balki yog‘lar foizini ham hisobga oling. Chunki ortiqcha yog‘ xolesterin darajasini oshirib yuboradi
”, deydi shifokor.
Shirin, mevali tvorog va yogurtlar
Do‘konlarda sotiladigan turli-tuman shirin tvoroglar va mevali yogurtlarga juda ko‘p miqdorda shakar qo‘shiladi. Bunday mahsulotlar tarkibidagi yuqori konsentratsiyali oqsil va uglevodlar insulin darajasini qisqa muddatda oshirib yuboradi. Bundan tashqari, mevali shirin tvoroglarning asosini foydali tvorog tashkil etmaydi va ular tabiiy tvorogdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun shirin yogurt va mevali tvorog vazn yo‘qotish uchun mos mahsulot emas.
Proteinli batonchiklar
Energiya beruvchi batonchiklardagi oqsil ko‘p hollarda zardob oqsili izolatidan tayyorlanadi. Bu modda yuqori glikemik indeksga egaligi sababli semirtiruvchi xususiyatga ega.
Proteinli batonchiklar diabetga chalinganlar uchun maxsus savdo rastalarida sotilgani tufayli foydali gazak deb qabul qilinadi. Lekin ular ham zararli mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan, chunki energiya beruvchi batonchiklar tarkibida palma yog‘i, ortiqcha shakar hamda ta’m beruvchi qo‘shimchalar mavjud. Ba’zi ishlab chiqaruvchilar shakarni sun’iy ta’m beruvchi bilan almashtiradi, ammo bu ham vaziyatni yaxshilamaydi. Ushbu mahsulotda mavjud bo‘lgan shakar moddasi oshqozonda to‘liq parchalanmaydi. Shuning uchun, Olga Pavlova ta’kidlaganidek, vazn yo‘qotish vaqtida proteinli batonchiklarni cheklash zarur.
Mavzuga oid yangiliklar