Qish faslida sevib iste’mol qilinadigan mevalardan biri — mandarinlarning do‘kon rastalarida xilma-xilligi xaridorni shoshirib qo‘yadi. Ular orasida eng shirin navdagi mevani qanday tanlash mumkin? Ba’zilar mandarinning yorqin rangiga qarab tanlasa, boshqalar uning hajmiga qarab nordonlik darajasini
aniqlaydi
. Biroq shirin mevani tanlashda boshqa layfxaklar ham mavjud.
Shirin mandarinlarni tanlash uchun, birinchi navbatda, uning naviga e’tibor berish kerak. Ularning ta’mi ular yetishtirilgan joyga va qaysi vaqtda terib olinganiga bog‘liq. Mandarinlarning eng shirin navlari:
Klementin (Jazoir mandarini)
AQSHdagi eng mashhur mandarin navi, ular “Rojdestvo apelsinlari” deb nomlanadi. Aslida klementin mandarin va qirol apelsini gibrididir. Uning po‘stlog‘i to‘q olovrang, qobig‘i oson tozalanadi, juda katta, suvli, yoqimli ta’mli, urug‘i deyarli bo‘lmaydi.
Murkott
Mandarin va tanjerin gibridi, shuningdek, asal deb ham ataladi. Meva shirin, lekin unchalik suvli emas va bunday mevalarda juda ko‘p mayda urug‘lar bo‘ladi.
Unshiu (Xitoy mandarini)
Yangi yil mavsumida Xitoyda eng mashhur nav. Suvli va o‘rta o‘lchamdagi mevalar, shirin va nordon ta’mga ega.
Shuningdek, mandarin tanlashda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:
Og‘irligi
Qo‘llaringizga turli navdagi mandarinni oling va ularning og‘irligini taqqoslang. Ko‘rinishidan og‘irroq ko‘rinadigan meva shirali va mazali bo‘ladi. Mevaning suvli ekanligi uning ta’mi yanada shirin ekanligini anglatadi.
Po‘stining rangi
Mandarin po‘sti yorqin, tiniq va to‘q olovrang bo‘lishi kerak. Bu uning shakari ko‘pligi va yaxshi pishganini anglatadi. Agar mandarin po‘sti och tusli, yashilsimon va yorqin emas bo‘lsa, mevaning ta’mi nordon bo‘ladi.
Hidi
Pishgan mandarinlar o‘ziga iforga ega, ularning isi hatto uzoqdan ham seziladi. Agar mandarindan hid kelmasa yoki hidi yoqimsiz bo‘lsa, bunday mevalarni xarid qilish tavsiya etilmaydi.
Mavzuga oid yangiliklar