Immunitet organizmni tashqaridan kelgan barcha begona jismlardan himoya qiluvchi va o‘zida ishdan chiqqan yoki eskirgan hujayralarning yo‘q bo‘lishini nazorat qiluvchi tizimdir. U bizni turli bakteriyalar, viruslar va boshqa zararli mikroorganizmlarning ta’siridan himoya qiladi. Ammo inson turmush tarziga tashqaridan boqsa, har kuni amalga oshiriladigan ba’zi odatlar sog‘liq uchun, shu jumladan, immunitet uchun zararli bo‘ladi. Quyida organizmning himoya mexanizmini ishdan chiqaradigan odatlarni ko‘rib
chiqamiz
.
Immunitet haqida
Immun tizimi o‘ta murakkab tuzilgan bo‘lib, u organizmni virus va patogenlar ta’siridan himoya qiladi, shuningdek, o‘zining eskirgan yoki nuqsonli hujayralaridan xalos bo‘lishda ishtirok etadi. Aholi zich shaharlarda zamonaviy turmush tarzi bilan turli xil o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning tez tarqalishiga yordam beradigan muhit mavjud.
Biroq bir mavsumda bir yoki ikkita O‘RVIga chalinish immunitetning pasayishi ko‘rsatkichi emas. Agar shamollash tez-tez ro‘y bersa va asoratlar davom etsa, chuqur tekshiruvdan o‘tishga arziydi. Immunitet yomonlashuvining asl sababi turmush tarzi va orttirilgan odatlarda bo‘lishi mumkin.
Suvni yetarli darajada ichmaslik
Suv iste’molining standart darajasi kuniga 1,5-2 litrni tashkil qilishi lozim. Ko‘p jismoniy faollik yoki faol terlash bo‘lsa, ushbu miqdorni oshirish lozim. Suvni yetarli darajada iste’mol qilmaslik suvsizlanishga, qon xususiyatlarining yomonlashishiga, shilliq qavatlarning qurishiga olib keladi. Bu holatda immunitet infeksiyalarga nisbatan zaifroq bo‘ladi.
Uyda havoni namlantirmaslik
Qishda isitish moslamasi tufayli xona ichidagi havo juda quruq bo‘ladi. Quruq havo teri va shilliq pardalarning yallig‘lanishiga olib keladi va immunitetni zaiflashtiradi. Shuningdek, gaplashganda, yo‘talganda tarqaladigan virus va mikroorganizmlarning zarralari quruq havoda uzoqroq vaqt davomida saqlanadi.
To‘g‘ri ovqatlanmaslik
Yetarli darajada xilma-xil mahsulotga boy ratsion va ayrim mahsulotni qat’iy cheklash vitamin va minerallarning yetishmasligiga olib kelishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida immunitetni pasayishi bilan bog‘liq. Ko‘p miqdorda shirinlik, ayniqsa, gazlangan ichimliklarni iste’mol qilish qonda shakar darajasining o‘zgarishiga olib keladi va shilliq pardalardagi bakteriyalarning ko‘payishi uchun foydali sharoitlar yaratadi.
Yetarlicha uxlamaslik
Tunda dam olish vaqtida organizmning barcha a’zolari va tizimlarida tiklanish sodir bo‘ladi. Surunkali uyqusizlik tananing infeksiyalarga chidamliligini pasaytiradi.
Sport bilan shug‘ullanmaslik
Jismoniy faollik kuchli immunitetni saqlashning asosiy shartlaridan biridir, ayniqsa, ochiq havoda mashq qilish. Yaxshi qon aylanishi immunitet tizimining hujayralariga organizmning barcha qismlarida himoya funksiyasini yaxshi bajarishga imkon beradi.
Mavzuga oid yangiliklar