Ba’zan ozish uchun kerakli barcha harakatlarni — kam va tez-tez ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish kabilarni bajarsangiz ham, tarozi pallasida o‘zgarish sezilmaydi. Quyida bunday holatga sabab bo‘ladigan omillar va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda yo‘l qo‘yiladigan 11 ta xatolikni
to‘pladik
.
Uyquga to‘ymaslik
Tadqiqotlarga ko‘ra, 7 soatdan kam uxlaydigan odamlarda vazn ortish xavfi 30% ga oshadi. Uyqusizlik esa ishtahani ochib yuboradi.
Tanada suv yetishmasligi
Har bir inson kuniga hech bo‘lmasa 2 litr suv ichish kerakligini biladi, lekin bu qoidaga juda ozchilik amal qiladi. Suv nafaqat terini namlantiradi, balki jigar va buyraklar faoliyatini ham normallashtiradi. Bir stakan suv yengil ochlikni bartaraf etishi mumkin.
Tartibsiz ovqatlanish
Nonushta yoki kechki ovqatni o‘tkazib yuborish — ozish harakatida bo‘lganlarning eng asosiy va ko‘p takrorlaydigan xatosi. Tanani kunning ma’lum qismida oz bo‘lsa-da kaloriya bilan ta’minlab turish kerak. Eng oqilona yechim kuniga 4-5 marta kichik qismlar bilan ovqatlanishdir.
Yuqori kaloriyali ichimliklarni iste’mol qilish
Parhezbop kola ichishga odatlanganmisiz? Sizga bir sirni ochamiz: hech qaysi bir gazli shirin ichimlik parhezbop bo‘lmaydi. Shakar qo‘shilmagan, deb yozilgan gazli va alkogolsiz tarkibida sun’iy shirin ta’m beruvchilar mavjud bo‘lib, ularning aksariyati ishtahani qo‘zg‘atib yuboradi va organizmga hech qanday foydali tomoni bo‘lmaydi.
Foydali oziq-ovqatlarni ortiqcha iste’mol qilish
Ba’zilar quritilgan meva yoki yong‘oqlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilib yuboradi, ammo bunday gazaklar foydali bo‘lishi bilan birga kaloriyasi yuqori oziq-ovqatlar sanaladi.
Balansli ovqatlanish tartibiga rioya etmaslik
Tananing optimal ishlashi uchun kunlik normada oqsillar, yog‘lar, uglevodlarga to‘la taomlar bilan organizmni boyitish lozim. Ushbu muvozanat buzilsa, masalan, yog‘lar yoki uglevodlar soni ortib ketsa, parhez va sport mashqlari samarasi kamayadi.
Kundalik taom miqdoriga ahamiyat bermaslik
Avtoulov haydaganda, film tomosha qilganda, kompyuter qarshisizda ishlaganda yoki oddiygina telefonda muloqot qilganda tamaddi qilib olish odati o‘zimiz kutmagan holatda me’yordan ko‘proq kaloriyali ovqatlanib qo‘yishimizga sabab bo‘ladi. Har bir iste’mol qilinadigan ozuqani ongli ravishda tushunib yeyish ortiqcha vazn to‘planishidan qaytaradi.
Souslar va ziravorlar
Har qanday sous va ziravor ishtaha ochadigan va yanada ko‘proq taom yeyishga undaydigan qo‘shimchalar sanaladi. Souslardagi tuz esa organizmda ortiqcha suvni ushlab turadi va ozishga to‘sqinlik qiladi.
Kundalik mashqlar rejasini tuzmaslik
Yugurish va boshqa kardio mashqlari yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun foydalidir. Ammo vazn yo‘qotish uchun og‘irroq turdagi mashqlarini kundalik mashg‘ulotlar ro‘yxatiga kiritish lozim.
Ko‘chalarda ovqatlanish
Aksariyat tamaddixonalar yaxshi sifatga ega bo‘lmagan mahsulotlardan taom tayyorlaydi. Uyda tayyorlangan taomlar esa kaloriyalar sonini hisoblashga va sifatli mahsulotlarni iste’mol qilishga asos bo‘ladi.
Och qoringa birdaniga katta hajmdagi taomni yeyish
Bunday odat semizlik keltirib chiqarishi isbotlangan. To‘yinganlik hissi ovqatlanib bo‘lgandan 20 daqiqadan keyin paydo bo‘lishini unutmaslik lozim.
Mavzuga oid yangiliklar