Hindiston va Sharqiy Osiyoda yetishtiriladigan va mevalarning qiroli nomini olgan mango o‘zining ekzotik ta’mi hamda organizm uchun foydali vitamin va mikroelementlarga boy ekanligi bilan ajralib turadi. Ushbu sitrusning foydali xususiyatlari to‘g‘risida oliy ma’lumotli diyetolog Sintia Sass ma’lumot
berdi
.
Xavfli kasalliklarning oldini oladi
Mango hujayralarni shikastlanish va yallig‘lanishdan himoya qiladigan birikmalarni o‘z ichiga oladi. Undagi polifenollar va antioksidantlar 2-toifa qand kasalligi hamda saraton rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Yurak faoliyatini yaxshilaydi
Mango tarkibida lipidlar darajasini pasaytiradigan va organizmdagi yallig‘lanish o‘choqlarini yo‘q qiladigan mangiferin polifenoli mavjud. U qon tomirlarining elastikligini oshiradi, xolesterin darajasini pasayadi va trombotsitlar faol ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Immunitetni mustahkamlaydi
Mango karotenoidlarga boy bo‘lib, ular kuchli antioksidant vazifasini bajaradi. Mango tananing himoya tayanchi — immun tizimini mustahkamlaydi va yuqumli kasalliklarni tezroq yengishga yordam beradi.
Teri holatini yaxshilaydi
Mango nafaqat dorivor o‘simlik, balki go‘zallikning tabiiy manbai hamdir. Unda C vitamini ko‘p bo‘lganligi sababli, terining elastikligini saqlashga yordam beradigan kollagen ishlab chiqarilishni rag‘batlantiradi. Mango iste’moli mimik ajinlar paydo bo‘lishini kechiktiradi. Mango barglaridan olinadigan mangifera indica deb nomlangan ekstrakt husnbuzarlar bilan kurashda yordam beradi.
Ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi
Mango tarkibidagi o‘simlik tolalari ichak faoliyatini yaxshilaydi va qabziyatda samarali vosita hisoblanadi. Bir necha yil avval amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, bir oy davomida kuniga taxminan 300 gramm mango iste’mol qilgan odamlarda oshqozon kasalliklari sezilarli darajada kamaygan. muammodan xalos bo‘lishdi.
Ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
Mango tarkibida beta-karotin, lyutein va zeaksantin nomli shifobaxsh antioksidantlar mavjud. Ushbu birikmalar ko‘zning to‘r pardasi va qorachig‘ini turli xil kasalliklardan himoya qiladi va ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Mavzuga oid yangiliklar