in

Mandarin yoki apelsin: qaysi sitrus meva foydaliroq?

Qish mavsumi kelishi bilan do‘konlardagi meva rastalari yorqin mandarin va apelsin mevalariga to‘lib ketadi. Ushbu sitrus turlari nafaqat yaxshi tamaddi, balki shifobaxsh va organik meva sifatida ham iste’mol

qilinadi

.

Quyida aynan qaysi turdagi mevaning afzalliklari ko‘proq va foydaliroq ekanligi haqida ma’lumot beramiz.

Mandarinning foydalari

Mandarinlar boshqa sitruslarga qaraganda hajmi maydaroq meva bo‘lib, po‘stini ajratish oson va ta’mi shirinroq bo‘ladi. Odatda ularning kislota darajasi apelsinlarga qaraganda kamroq bo‘lib, bolalar va oshqozonida muammosi bor odamlar iste’mol qilishi uchun qulay hisoblanadi. Mandarinlarda ko‘plab foydali elementlar, ayniqsa C vitamini mavjud bo‘lib, ular immunitetga foydali ta’sir ko‘rsatadi va organizmning infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi.

Shuningdek, mandarinlar beta-karotinga boy bo‘lib, u inson tanasiga tushganda A vitaminiga aylanadi. Ushbu modda teri salomatligi uchun muhimdir. Bundan tashqari, mandarinlar metabolizmni normallashtirish va yurak-qon tomir tizimi yaxshi ishlashi uchun yordam beradigan kaliy va foliy kislotasini ham o‘z ichiga oladi.

Apelsinning foydalari

Apelsinlar mandarin kabi C vitamin koni hisoblanadi. Ularda yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabet kabi surunkali kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradigan antioksidantlar va flavonoidlar mavjud.

Apelsinlar tarkibidagi foydali minerallar, jumladan B guruhi vitaminlari moddalar almashinuvini normallashtirish va asab tizimini yaxshilashga yordam beradi. Apelsinlar yurak va suyak salomatligi uchun muhim bo‘lgan kaliy, magniy va kalsiy kabi moddalarni ham o‘z ichiga oladi.

Ularning kaloriyasi past bo‘lib, chanqoqni qondirish va tanani suv bilan ta’minlash uchun ajoyib vosita sanaladi. Apelsin mevalaridagi o‘simlik tolalari ovqat hazm qilish tizimiga yordam beradi va ichaklar salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikkita mevani taqqoslaymiz

Mandarin va apelsinlarni solishtirsak, ikkala meva ham bir-biriga o‘xshash foydali xususiyatlarga ega ekanligini guvohi bo‘lishimiz mumkin. Biroq ularning tarkibida ba’zi farqlar mavjud. 100 gramm mandarinda taxminan 60 kaloriya, apelsinda esa o‘rtacha 47 kaloriya mavjud. C vitamini miqdori apelsinda ko‘proq, mandarinlar tarkibida esa shakar miqdori yuqoriroqdir.

Qaysi sitrus yaxshiroq?

Qaysi turdagi sitrusni tanlash sizning shaxsiy ehtiyojlaringizga bog‘liq. Ikkala meva ham birdek foydali va mazali. Agar shirinroq, nordon bo‘lmagan mevalarni yoqtirsangiz, ko‘proq mandarin iste’mol qilishingiz mumkin. Agar turli xil vitaminlar va minerallarga boy mevalarni afzal bilsangiz, apelsinlarni tanlaganingiz ma’qul.

Mavzuga oid yangiliklar