in

Kech uxlaydigan bolada o‘sish pasayishi mumkin

Kech uxlash va uyqu yetishmasligi bolaga faqat charchoq emas, o‘sish va rivojlanishga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Chunki o‘sish gormoni asosan tungi chuqur uyqu paytida, ayniqsa 23:00–01:00 oralig‘ida faol ishlab chiqariladi. Bola 22:00 dan keyin uxlab qolsa, shu muhim bosqichni “o‘tkazib yuborishi” ehtimoli ortadi.

Uyqu kamayса, bolada asabiylik, kayfiyat o‘zgarishi, xotira va diqqat pasayishi, reaksiya sekinlashishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun yoshga qarab me’yoriy uyquni ta’minlash kerak:

1–3 yosh 11 soat

3–6 yosh 10 soat

6–13 yosh 9 soat

13–17 yosh 8 soat

Agar bola tez-tez kasallansa, vazni o‘zgarsa, o‘sishi sekinlashsa yoki o‘qishi yomonlashsa — kun tartibini to‘g‘rilab, uxlashdan kamida 2 soat oldin gadjetlarni cheklash lozim. Belgilar davom etsa, pediatr va bolalar endokrinologiga murojaat qilish tavsiya qilinadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Foydali

» Kech uxlaydigan bolada o‘sish pasayishi mumkin

So’nggi yangiliklar

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Bugun, 12:04

21 fevralda tog‘oldi hududlarda sel xavfi kuchayishi ma’lum qilindi

Bugun, 11:55

Mali terma jamoasi Rossiyaga barcha yulduzlarini olib keladi