Amerikalik va kanadalik olimlar ruhiy va aqliy salomatlikni yaxshilashning kutilmagan va juda oddiy usulini aniqlashdi. Bu uchun maxsus metodlar, qimmatbaho dasturlar yoki murakkab uslublar shart emas. Shunchaki ikki hafta mobil telefoningizdagi internetni uzoq muddatga o‘chirib qo‘yish kifoya qiladi.
Tadqiqot PNAS Nexus ilmiy jurnalida e’lon qilindi. Unda o‘rtacha yoshi 32 da bo‘lgan 467 nafar iPhone foydalanuvchisi ishtirok etdi.
Olimlar ishtirokchilarning xohishiga tayanmay, barcha telefonlariga mobil internetni bloklaydigan maxsus ilova o‘rnatdi. Shu bilan birga, telefonning asosiy funksiyalari — qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish, foto va video olish imkoniyati saqlandi. Lekin ijtimoiy tarmoqlar va cheklanmagan “skrolling” imkoniyati butunlay yopildi.
Eksperiment boshlanishidan oldin ishtirokchilar telefonda kun davomida o‘rtacha besh soat vaqt o‘tkazgan va o‘z psixo-emotsional holatlarini baholash uchun maxsus testdan o‘tgan.
Natijalar olimlarni ham hayratga soldi
Ikki haftadan so‘ng, ishtirokchilarning aksariyati o‘zlarini baxtli va xotirjam his qilishganini bildirishdi. Ularning hayotdan mamnunlik darajasi sezilarli darajada oshdi.
Ayniqsa, diqqat va konsentratsiyani tekshiruvchi testlar natijalari hayratlanarli bo‘ldi: ko‘rsatkichlari odatda o‘n yil davomida pasayadigan kognitiv funksiyalarni tiklashga tenglashtirildi.
Shu bilan birga, ekran orqasidagi vaqt kundalik besh soatdan uch soatga tushdi. Bo‘shagan vaqtini ishtirokchilar oilasiga sarflab, ko‘proq sayr qilishdi, sport bilan shug‘ullandilar va muloqotga kirishdilar. Uyqu davomiyligi esa o‘rtacha 17 daqiqaga uzaydi.
Tadqiqot mualliflarining ma’lumotlariga ko‘ra, internetdan vaqtincha uzoqlashish natijasi odatda antidepressantlar qabul qilinganda kuzatiladigan samaradan ham yuqori bo‘lgan.
Bu nima uchun foydali?
To‘xtovsiz axborot oqimi, xabarnomalar va doimiy onlaynlik miyada cheklanmas poyga hissini uyg‘otadi. Bu esa xavotirni kuchaytiradi, diqqatni pasaytiradi va natijada depressiya hamda ijtimoiy izolyatsiyaga olib kelishi mumkin. Internetga kirishni cheklash raqamli zo‘riqishni kamaytiradi. Miya “qayta yuklanish”, diqqatni tiklash va stress darajasini tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ikki hafta mobil internetsiz to‘liq chidash faqat 25 foiz ishtirokchilarga nasib bo‘ldi. Qolganlar cheklovlarni aylantirish yo‘llarini izladilar. Shu bilan birga, vaqt-vaqti bilan “qoidani buzganlar”da ham ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi.
Sinab ko‘rishga arziydimi?
Internetdan uzoq muddatga voz kechish oson ish emas. Lekin tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, hatto qisqa muddatli raqamli cheklash ham his-tuyg‘u va diqqatni sezilarli darajada yaxshilashga qodir. Balki bu ikki hafta orqali doimiy onlaynlikka qanchalik bog‘lanib qolganimiz va buga haqiqatan ehtiyojimiz bor-yo‘qligini tushunish mumkin.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Foydali
» Ikki hafta “internetsiz hayot” miyani o‘n yil yoshartiradi
So’nggi yangiliklar
Pokiston Afg‘onistondagi “Tolibon”ga qarshi ochiq urush boshladi
Bugun, 12:11
Peterburgda qahramonlik ko‘rsatgan Xayrullo munosib taqdirlandi
Bugun, 12:07
Bavariya Noyer ketadigan bo'lsa, vorisini belgilab qo'ydi
