Bugun yon-atrofimizda umurtqa disk churrasi (grija) tufayli aziyat chekayotganlar ko‘payganiga ahamiyat bermaslik imkonsiz. Bu xastalik hatto tana a’zolarining ishlamay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Nano Medical Clinic tibbiyot markazi neyrojarrohlari Kun.uz bilan suhbatda kasallikning kelib chiqishi va undan qutulishning zamonaviy yo‘llari haqida o‘z tavsiyalarini
berishdi
.
Disk churrasi qanday paydo bo‘ladi?
Umurtqa pog‘onasi oralarida yumshoq, amortizator vazifasini bajaruvchi disk bo‘ladi, u yugurganda, sakraganda ikkita umurtqa suyagi bir-biriga tegib yemirilmasligining oldini oladi. Aynan shu diskning bo‘rtib chiqishi disk churrasi deyiladi. Disk churrasi bo‘yinda, belda bo‘lishi mumkin. Bel sohasidagi churra beldan pastki tana a’zolarida belgi beradi.
Agar bo‘yin sohasida joylashgan bo‘lsa, bo‘yindan pastki tana a’zolarida belgi beradi: qo‘llarda og‘riq paydo bo‘ladi, harakat cheklanishi, quvvat kamayib ketishi mumkin. Beldagi churra esa beldagi og‘riq bilan, keyingi darajalarga o‘tganda oyoqdagi og‘riqlar bilan namoyon bo‘ladi.
Churraga vaqtida chora ko‘rilmasa, tana a’zolarining ishlamay qolishiga olib keladimi?
Furqatbek Tursunov, neyrojarroh:
— Bo‘yindagi disk churrasi faqat og‘riq bilan bezovta qilsa, bemorlarga hozirda harakat saqlanib turgani, lekin operatsiya qilish kerakligini, shunda og‘riqlar ketib, harakat ham saqlanib qolishini aytamiz. Ba’zi holatlarda bemorlar keladi, qo‘l harakati cheklanib bo‘lgan, ya’ni ishlamay qolgan bo‘ladi.
Bu holatda ham operatsiya qilish shart – orqa miyada nerv o‘tkazuvchanligini tiklash uchun. Agar bunda vaqtida chora ko‘rilmasa, tana a’zolarida harakatning cheklanishiga olib kelishi mumkin.
Operatsiyalar mahalliy og‘riqsizlantirish yoki faqat beldan pastki qismni og‘riqsizlantirish (spiral anesteziya) orqali qilinadi. Biz jamoamiz bilan kelishgan holda endotraxial narkoz (uxlatib qo‘yish) berish usulidan foydalanamiz. Bu usul bemorga operatsiyadan keyin tezroq o‘ziga kelib, tezroq aktivlashtirish imkonini beradi. Eng xavfsiz narkoz deb shu usulni tanlaganmiz.
Odatda operatsiya tavsiya qilinmaydigan bemorlar, masalan yurak kasalliklari bo‘lgan yoki yoshi katta insonlar hisoblanadi. Chunki ular narkozni ko‘tara olmasliklari mumkin. Lekin disk churrasi sababli operatsiyaga qarshi ko‘rsatma yo‘q. Boshqa yondosh kasalliklar hisobidan ayrim qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin.
Shu paytgacha ochiq usulda operatsiya qilish amaliyoti qo‘llangan bo‘lsa, endilikda endoskopik usulda operatsiya qilish amaliyoti kirib keldi. Har ikkala usul ham bemordagi churrani olib tashlashga qaratilgan. Faqat operatsiya jarayonida olinadigan jarohatda farq bo‘ladi. Ochiq uslubdagi operatsiyada teri kesiladi, muskullar kesiladi, suyakning bir qismi olib tashlanib, keyin disk churrasi olinadi. Endoskopik uslubning ham ikki xil yo‘li bor: umurtqaning nerv tolasi chiquvchi teshiklari va umurtqaning orqa tarafidagi teshikcha orqali qilinadi.
Ayni paytda biz amalga oshirayotgan operatsiya – terini nerv chiqish teshikchasi orqali teriga taxminan 1 sm bo‘lgan teshikcha orqali kirib churrani olamiz. Bu usul hozircha Toshkentda faqat bizning klinikada – Nano Medical Clinic’da amalga oshirilyapti.
Agar sizda disk churrasi aniqlansa…
Dilshod Ahmedjonov, neyrojarroh:
— Agar odamda churra paydo bo‘lib, og‘riq boshlansa, ikki xil yo‘l tutish mumkin. Kuchli og‘riq kuzatilganda, nevropatologga borish kerak. Mutaxassis davolash uchun qo‘llanma va fizioterapeya usullarini yozib beradi. Yana bir yo‘li – churra nervni birdaniga siqib qolganda, oyoqda kuch kamayib boradi, oyoqni qimirlatolmaslik, oyoqni sezmaslik yuz beradi. Yoki tos sohasi faoliyati, peshob, ich kelishi buzilishi kuzatiladi. Bunday paytda vaqtni ketkazmasdan operatsiya qildirish kerak. Qancha ko‘p vaqt yo‘qotilsa shu holat saqlanib qoladi. Odatda, kitoblarda aytilishicha, bunday vaziyatda 48 soat vaqt ichida operatsiya qilinsa, tiklanish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Ayrim holatlarda bemorlarga blokada qilishni ham tavsiya qilamiz.
Hozir bemorga operatsiyadan keyin bir kunda uyiga ruxsat beramiz. Ilgari oylab shifoxonada yotishga to‘g‘ri kelgan. Esimda, operatsiyadan keyin bemorni 6 oylab qorin bilan yotqizib qo‘yilardi. Biz qo‘llaydigan usulda qon yo‘qotishlar bo‘lmaydi, umurtqa suyagiga zarar yetmaydi, nerv jarohatlanishi deyarli bo‘lmaydi. Hozirgi kunda disk churrasi maksimum 1 sm lik teshik orqali olib tashlanadi. Bu yondan tushadigan, transforminal usul hisoblanadi. Bu usul yondan tushgani sababli tabiiy teshiklar orqali hech bir zararsiz tanaga kirib borib, churra olib tashlanadi. Shu usul bilan 2000 ga yaqin operatsiyalarni amalga oshirdik.
Agar churra bezovta qilmasa, unga tegish kerak emas. Ba’zilarda churra bo‘lsa ham, bezovta qilmagani uchun uning borligini ham bilishmaydi – o‘tib ketadi.
Ba’zi holatlarda disk churrasi bezovta qilganda mashqlar orqali ham davolamoqchi bo‘lishadi. Ammo og‘riq paytida mashq qilish umuman tavsiya qilinmaydi. Bu og‘riqni kuchaytirib yuboradi. Davolangach, og‘riq o‘tib ketgandan keyin mashq qilish mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar