in

Ukraina biznesi O‘zbekiston bilan yangi invest loyihalarga qiziqmoqda

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasida Lviv va Ukraina g‘arbiy hududlarining yetakchi tadbirkorlari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida mahalliy biznes elitalari O‘zbekiston bozoriga investitsiya kiritish, qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yish va savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirishga kuchli qiziqish bildirgani ta’kidlandi.

“Dunyo” AA ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv U Win Business Club uyushmasi a’zolari ishtirokida elchixona qoshida tashkil etildi. Bu klub Ukraina g‘arbiy qismidagi Lviv, Ternopil, Volin va Ivano-Frankivsk viloyatlarining yirik tadbirkorlarini birlashtirgan nufuzli biznes platformasi hisoblanadi.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada mustahkamlash, investitsiyaviy hamkorlikni jonlantirish hamda O‘zbekistonda o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari batafsil muhokama qilindi.

Uchrashuvda Tri sloni, Gora, Development West Group, Videnska kava, Shoco, Laluce, Daily Dose, Amway, Citadel Inn, Budmall, Biscotti, Sollar Energy, TOPHIM kabi yirik kompaniyalarning rahbarlari ham onlayn, ham oflayn tarzda ishtirok etib, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi. Ular tekstil, logistika, qahva industriyasi, tiklanuvchi energiya, konsalting, riteyl va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda qator amaliyotga tatbiq etiladigan loyihalarni taqdim qildi.

O‘zbekiston diplomatlari esa tadbirkorlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytarib, mamlakatda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar, soliq yengilliklari, ma’muriy qulayliklar va erkin iqtisodiy zonalar imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, IT, logistika, savdo platformalari va sanoat kooperatsiyasidagi istiqbolli yo‘nalishlar ham taqdim etildi.

Ukrainalik biznes vakillari o‘z navbatida O‘zbekiston kompaniyalari bilan savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda invest loyihalarni amalga oshirish va yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Tadbir yakunida ikki tomon ham uchrashuvning ahamiyatini yuqori baholab, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni yanada kuchaytirish, yangi imkoniyatlarni izlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });