Ekspertlar Qozog’iston fuqarolarining maoshlari
Rossiya
, O’zbekiston va
Germaniya
kabi davlatlar aholisiining o’rtacha daromadlari bilan qanchalik farq qilishini tahlil qildilar, deb xabar beradi Ulysmedia.kz.
Numbeo ma’lumotlariga ko’ra, Qozog’istonda soliqlardan keyingi o’rtacha oylik maosh 289,5 ming tenge ($574,7) tashkil etadi. Qo’shni davlatlar bilan solishtirilganda, Rossiyada maoshlar yuqoriroq — 334,7 ming tenge ($665,2), Xitoyda esa 469,2 ming tenge ($931,4). O’zbekistonda fuqarolar oyiga o’rtacha 237,9 ming tenge ($472,6) maosh olishadi, Qirg’izistonda esa bu ko’rsatkich 196,7 ming tenge ($390,5) tashkil etadi.
Boshqa davlatlarni ko’rib chiqsak, masalan, Germaniyada o’rtacha oylik maosh 1,5 mln tengega ($3 000) yetadi, Avstraliyada — 1,7 mln tenge ($3 500), AQShda esa — 2,1 mln tenge ($4 300).
Ctrl
Enter
Xato topd
I
ngizmi