in

O‘zbekistonda biznes iqlimi indeksi 13 punktga oshdi

O‘zbekistonning hozirgi yil oktabr oyi bo‘yicha umumiy biznes iqlimi ko‘rsatkichi 55 punktni tashkil etdi. Markaziy Iqtisodiy Tadqiqotlar va Islohotlar Markazi (CEIR) ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilga nisbatan 13 punktlik o‘sishni anglatadi.

“Barcha sohalarda biznes iqlimi yaxshilanishi qayd etildi. Xususan, qishloq xo‘jaligida o‘tgan yilga nisbatan 11 punktlik o‘sish bilan ko‘rsatkich 61 punktga yetdi.

Sanoat sohasida 8 punkt o‘sib, 46 punktni tashkil qildi. Qurilish va xizmatlar sohalarida esa mos ravishda 13 va 17 punktlik o‘sish bilan ko‘rsatkichlar 58 va 57 punktga yetdi”, — deya ma’lum qildi markaz.

Markaz tomonidan so‘rovga jalb qilingan tadbirkorlarning 50 foizi o‘z biznes holatini yaxshi deb baholagan. O‘tgan yil bu ko‘rsatkich 38 foizni tashkil etgandi.

So‘nggi uch oyda biznesdagi yaxshilanishni 42 foiz kompaniyalar qayd etgan bo‘lsa, o‘tgan yili bunday javob berganlar 32 foiz edi. Mahsulotlarga qiziqishning ortganini esa so‘rovda ishtirok etganlarning 50 foizi bildirgan, o‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 35 foiz bo‘lgan.

CEIR biznes iqlimi indeksini Germaniyaning IFO instituti metodikasi asosida har xil sohalarda faoliyat yurituvchi 1 mingdan ortiq kompaniyalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish orqali hisoblaydi. Biznes vakillari hozirgi holat va kelgusi kutilmalarni ishlab chiqarish, talab va boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga asoslangan holda baholaydilar.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });