Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
va Qozog‘iston Prezidenti
Qosim Jo‘mart To‘qayev
o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.
Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tarixida yangi bosqich boshlanayotgani ta’kidlandi. Tashrif doirasida Toshkentda hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, biznes forumi, madaniy tadbirlar va “Qozog‘iston tibbiyoti kunlari” o‘tkazilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Yilning o‘tgan davrida ikki davlat o‘rtasidagi
savdo hajmi 4 milliard dollarga yetgan
. Tomonlar bu ko‘rsatkichni
10 milliard dollarga oshirish
, shuningdek, yuk tashish va aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha kelishib oldilar.
So‘nggi yillarda
6,5 ming qo‘shma korxona
tashkil etilgan bo‘lib, ustuvor tarmoqlarda
8 milliard dollardan ortiq qiymatdagi loyihalar
amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar uchun
qo‘shma investitsiya platformasi
ni ishga tushirish taklif etildi.
Muzokaralarda energetika, transport, kimyo, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va ekologiya sohalaridagi hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hududlararo aloqalarni kengaytirish maqsadida 2026-yilda
birinchi Hududlar kengashi
ni Qozog‘istonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro masalalarda ham o‘zaro fikr almashdilar.
Sayt haqida
«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli
guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.
Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.
Bo‘limlar
O‘zbekiston
Dunyo
Jamiyat
Texno
Sport
Avto
Madaniyat
Iqtisodiyot
Salomatlik
Bizning nashriyot
Biz haqimizda
Reklama joylash
Investorlar uchun taklif
Ma’lumotlardan foydalanish
Ishga taklif etamiz
+18
© 2014-2025
(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();
window.yaContextCb = window.yaContextCb || []
var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);
(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();
(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });
