in

Oʻzbekneftgaz: 1 yanvardan neft mahsulotlarining barcha turi erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi

2025 yil 1 yanvardan e’tiboran «Buxoro NQIZ» MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi neft mahsulotlari, shu jumladan, avtobenzin ham faqat birja savdolari orqali erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi. Bu haqda «Oʻzbekneftgaz» kompaniyasi axborot xizmati ma’lum qildi.

«

Bugun mamlakatimiz tovarlar va xizmatlar bozorida samarali raqobat muhitini paydo qilish, monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, taqsimlash tizimi unsurlarini tugatish, xoʻjalik yurituvchi barcha sub’ektlarning moddiy-texnika resurslar bilan ta’minlanishida teng shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda

», – deyiladi kompaniya xabarida.

Ta’kidlanishicha, Respublika aholisining avtobenzinga boʻlgan talabini bir maromda qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan boʻlib, buning uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan.

Mavzuga oid yangiliklar

Kusherbayev elektr energiya va gaz tariflarini oshishi haqida qanday fikr bildirdi?

1-01-2025, 19:47, Jamiyat