Oʻzbekistonda 2024 yil davomida narxlar oshishi miqdori 9,8 foizni tashkil qildi. Dekabrʼ oyida oylik inflyasiya 1 foiz boʻldi.
2016 yildan boshlab yillik inflyasiya mamlakatda quyidagicha boʻlgan:
• 2016 yil — 9,7 foiz;
• 2017 yil — 18,8 foiz;
• 2018 yil — 14,3 foiz;
• 2019 yil — 15,2 foiz;
• 2020 yil — 11,1 foiz;
• 2021 yil — 10 foiz;
• 2022 yil — 12,3 foiz;
• 2023 yil — 8,8 foiz.
2024 yildagi inflyasiya bu davr uchun uchinchi eng past koʻrsatkich boʻldi. Markaziy bank uchun inflyasion target 5 foiz hisoblanadi.
Kirib kelgan yil oxirida inflyasiya rekord darajada pasayib, 7 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar