in

Oʻzbekiston uzum importini nega qatʼiy cheklayapti?

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi matbuot xizmati uzum importiga qoʻyilgan taqiq sabablari yuzasidan rasmiy izoh berdi. Bu haqda upl.uz

xabar

beradi.

Idora maʼlumotiga koʻra, xalqaro amaliyot uzum orqali mamlakatga xavfli karantin zararkunandalari va kasalliklari kirib kelishi mumkinligini koʻrsatgan. Ular orasida uzum ildizini yemiradigan filoksera (Viteus vitifoliae), minglab gektar uzumzorlarni nobud qilishi mumkin boʻlgan ksilella fastidioza bakteriyasi, shuningdek uzumning “veer” virusi va barglarning buralishi kabi virusli xastaliklar tilga olindi.

Mutaxassislar ogohlantirishicha, bunday organizmlar “toza hudud”ga kirib qolsa va tez tarqalsa, ularni deyarli yoʻq qilishning imkoni bo‘lmaydi. Oqibatda uzumzorlarni kesishga toʻgʻri kelishi, tiklash esa yillar talab qilishi mumkin. Bu esa eksport bozorlarining yopilishi va iqtisodiyotga jiddiy zarba sifatida baholanmoqda.

Agentlik uzumchilik Oʻzbekistonda strategik yoʻnalish ekanini ham alohida qayd etdi: mamlakat ichki ehtiyojni toʻliq qoplaydi. Hozir respublikada 160 ming gektardan ortiq uzumzor mavjud, yillik hosil hajmi taxminan 1,8 mln tonnani tashkil etadi. Tarmoqda dasturxonbop va texnik navlar yetishtiriladi, quritilgan mahsulotlar tayyorlanadi va bu yoʻnalishda 100 ming kishi band.

Oʻzbek uzumi Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, Yaqin Sharq davlatlari hamda Yevropa bozorlariga eksport qilinayotgani taʼkidlandi. Joriy yilda esa ilk bor Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Quvayt va AQShga ham eksport amalga oshirilgani aytildi.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, uzumchilik rivojlangan davlatlar — jumladan AQSh, Avstraliya va Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlari — uzum importiga nisbatan qatʼiy fitosanitariya cheklovlarini qoʻllaydi.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

const nnlJS = document.createElement(‘script’); nnlJS.src = “https://ads.nativenetwork.uz/nnl.js?ts=”+new Date().getTime(); nnlJS.async = true; document.head.appendChild(nnlJS);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=2&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

function setCookie(n,v,d){let e=””;if(d){const t=new Date;t.setTime(t.getTime()+24*d*60*60*1e3),e=”; expires=”+t.toUTCString()}document.cookie=n+”=”+(v||””)+e+”; path=/”}
function getCookie(n){const e=n+”=”,t=document.cookie.split(“;”);for(let c=0;c<t.length;c++){let o=t[c];for(;o.charAt(0)==" ";)o=o.substring(1,o.length);if(o.indexOf(e)==0)return o.substring(e.length,o.length)}return null}
function genHash(){return Math.random().toString(36).substring(2,15)+Math.random().toString(36).substring(2,15)+Date.now().toString(36)}
let stateValue=getCookie('state');
if(!stateValue){stateValue=genHash();setCookie('state',stateValue,1);}

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });