Oʻzbekiston 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 174,7 mln AQSh dollariga teng boʻlgan 205,5 ming tonna uzum eksport qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga koʻra, 11 oyda eng koʻp uzum – Rossiya (164,2 ming tonna), Qozogʻiston (19,4 ming tonna) va Qirgʻiziston (14,5 ming tonna) eksport qilingan.
Shuningdek:
– Belarus – 6,6 ming tonna;
– Ukraina – 334 tonna;
– Moʻgʻuliston – 128 tonna;
– Boshqa davlatlar – 393 tonna.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning mos davrida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga jami 121 ming tonna uzum eksport qilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
//