in

Markaziy Osiyo: o‘zaro savdo maqsadi – $20 mlrd

Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro savdo hajmini 20 milliard dollarga yetkazish va Made in Central Asia brendi ostida mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sanoat va savdo vazirligidan ma’lum qilishdi.

Mazkur masala Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon savdo vazirliklari rahbarlari kengashining ilk yig‘ilishida muhokama qilindi. Tadbirning asosiy maqsadi savdo aloqalarini mustahkamlash va iqtisodiyotning turli sohalarida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdir.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo hajmining o‘sishi ham alohida ta’kidlandi. Agar 2017 yilda bu ko‘rsatkich 3,2 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 6,9 milliard dollarga yetdi.

Xususan, Qozog‘iston bilan savdo aylanmasi 4 milliard dollarga yaqinlashgan, Qirg‘iziston bilan 700 million dollarga yetgan, Tojikiston bilan esa 570 million dollardan oshgan. Turkmaniston bilan savdo hajmi so‘nggi besh yilda ikki barobarga oshib, 1,15 milliard dollarga yetgan.

Shuningdek, Ozarbayjon bilan savdo aylanmasi yil boshidan buyon 13 foizga o‘sgan. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish va kooperatsiyani rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma kommyunike imzolashdi.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.selfgems.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

<!–
document.write("LiveInternet“)
//–>

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });