O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki jismoniy shaxslar o‘rtasidagi (P2P) pul o‘tkazmalarida “o‘tkazma maqsadi” ro‘yxatini qo‘shish masalasi yuzasidan rasmiy tushuntirish berdi. Regulyatorning qayd etishicha, tijorat banklari va to‘lov servislari uchun ushbu funksiyani joriy etish
majburiy emas, balki ixtiyoriy
hisoblanadi.
Markaziy bank mazkur yangilikdan ko‘zlangan asosiy maqsadlarni ochiqladi. Unga ko‘ra, bunday imkoniyatning mavjudligi onlayn platformalar o‘rtasida
sog‘lom raqobatni rivojlantirish
, bank va fintex tizimlariga yangi turdagi xizmatlarni taklif qilish imkonini berish hamda foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, foydalanuvchilar tomonidan interfeys va qulaylik bo‘yicha kelib tushgan takliflar asosida ushbu funksiya kelgusida yanada takomillashtirilishi ta’kidlanmoqda. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, agar mobil ilovangizda “o‘tkazma maqsadi” bo‘limi paydo bo‘lsa, bu
bankning shaxsiy tashabbusi
hisoblanadi. Hozirda bu borada hech qanday majburiy talab mavjud emas.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Iqtisodiyot
» Markaziy bank kartadan kartaga o‘tkazmalar bo‘yicha tushuntirish berdi
So’nggi yangiliklar
Gimnastikachi Oksana Chusovitina navbatdagi final yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Bugun, 12:28
Gvardiola "Nyukasl"ga qarshi o‘yinda "yangi tarkib"ni sinab ko‘radimi?
Bugun, 12:16
