in

Ilon Mask 800 milliard dollarga ega ilk shaxs bo‘ldi

Forbes

jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, amerikalik milliarder

Ilon Mask insoniyat tarixida sof boyligi 800 milliard dollardan oshgan ilk shaxs

bo‘ldi. Bugungi kunda Maskning real boyligi

852 milliard dollar

ga yetgan.

Ushbu rekord darajadagi o‘sishga

SpaceX kompaniyasining xAI sun’iy intellekt kompaniyasini

sotib olgani sabab bo‘lgan. Mazkur bitim natijasida Maskning sof boyligi bir zumda

84 milliard dollarga oshgan

.

Bitimdan avval Mask SpaceX’ning 42 foiziga, xAI’ning esa 49 foiziga egalik qilgan. Kompaniyalar qo‘shilgach, SpaceX

1 trillion dollar

, xAI esa

250 milliard dollar

deb baholangan. Mask esa

542 milliard dollarlik birlashgan kompaniya

ning 43 foizini saqlab qolgan.

Forbes

ta’kidlashicha, hozirda SpaceX

Ilon Maskning eng qimmatli aktiviga

aylangan. Undan tashqari, u

Tesla’ning 12 foizlik aksiyalari

(178 mlrd $) va

124 milliard dollarlik aksiya opsionlariga

ham egalik qiladi.

Boylik reytingida

ikkinchi o‘rinda Google asoschilaridan biri Larri Peyj

turibdi. Uning boyligi 281 milliard dollar deb baholanmoqda, bu esa Maskdan qariyb

570 milliard dollar kam

dir.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Iqtisodiyot

» Ilon Mask 800 milliard dollarga ega ilk shaxs bo‘ldi

So’nggi yangiliklar

Olimlar dorilarsiz qon bosimini qanday tushirish usulini topdi

Bugun, 22:29

Fabio Kannavaro: "Mundialda faqatgina yutamiz, hech narsa yo‘qotmaymiz"

Bugun, 22:26