in

Eski oyna ustida yangi qonun: qayta ishlash xarajatini kim to‘laydi?

Bugun Senat yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilinib, ma’qullandi.

Qonunga ko‘ra, endilikda qurilish oynasidan foydalanish natijasida hosil bo‘ladigan chiqindilarni qayta ishlash xarajatlarini qoplash maqsadida utilizatsiya yig‘imi joriy etiladi. Bu yig‘im atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, hujjat orqali “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” hamda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining nomi va huquqiy maqomi ham yangilanmoqda.

Senatorlar ta’kidlashicha, yangi tartib:

qurilish oynasi sanoatini rivojlantirish;

fuqarolar sog‘lig‘ini hamda atrof-muhitni zararli ta’sirdan himoya qilish;

oyna chiqindilarini qayta ishlash sohasini kengaytirish;

ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, rasmiy statistika sohasidagi ma’muriy islohotlar doirasida statistika organlari faoliyatini takomillashtirish, ma’lumotlardan foydalanuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.

Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan yakdillik bilan ma’qullandi.

Sayt haqida

«Zamin» – O‘zbekiston yangiliklari.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligidan 1117-sonli

guvohnoma bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Elektron manzil: info@zamin.uz.

Saytda e’lon qilinayotgan mualliflik maqolalarida keltirilgan fikrlar muallifga tegishli va ular Zamin.uz tahririyati nuqtai nazarini ifoda etmasligi mumkin.

Bo‘limlar

O‘zbekiston

Dunyo

Jamiyat

Texno

Sport

Avto

Madaniyat

Iqtisodiyot

Salomatlik

Bizning nashriyot

Biz haqimizda

Reklama joylash

Investorlar uchun taklif

Ma’lumotlardan foydalanish

Ishga taklif etamiz

+18

© 2014-2025

(function(){ const KEY=’theme’; const body=document.body; const saved=localStorage.getItem(KEY); if(saved) body.classList.add(saved); document.getElementById(‘themeToggle’).addEventListener(‘click’,()=>{ if(body.classList.contains(‘theme-dark’)){ body.classList.remove(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,”); } else { body.classList.add(‘theme-dark’); localStorage.setItem(KEY,’theme-dark’); } }); })();

window.yaContextCb = window.yaContextCb || []

var cscr = document.createElement(“script”); cscr.src = “https://ads.nativenetwork.uz/ads.min.js” + “?ts=” + new Date().getTime(); document.getElementsByTagName(“body”)[0].appendChild(cscr);

(function(){ var crWPUgly = document.createElement(“script”); crWPUgly.type = “text/javascript”; crWPUgly.charset = “utf-8”; crWPUgly.src = “https://cdn.tel1mekar.com/sdk/siteScript?p_id=858&hold=1.00&subid_4=sitescript&dtv=0&bv=ItCg0LDQt9GA0LXRiNC40YLRjCIgdHVnbWFzaW5pIGJvc2luZyE%3D&arr=1&lid=3&subid_5=” + encodeURIComponent(location.hostname); document.body.appendChild(crWPUgly); })();

(function(m,e,t,r,i,k,a){m[i]=m[i]||function(){(m[i].a=m[i].a||[]).push(arguments)}; m[i].l=1*new Date(); for (var j = 0; j < document.scripts.length; j++) {if (document.scripts[j].src === r) { return; }} k=e.createElement(t),a=e.getElementsByTagName(t)[0],k.async=1,k.src=r,a.parentNode.insertBefore(k,a)}) (window, document, "script", "https://mc.yandex.ru/metrika/tag.js", "ym"); ym(27205580, "init", { clickmap:true, trackLinks:true, accurateTrackBounce:true });