O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 27 mart, 2026 yil holatiga ko‘ra xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy xorijiy valyutalar ichida faqat AQSh dollari o‘sish ko‘rsatgan.
AQSh dollarining rasmiy kursi 8.26 so‘mga qimmatlashib, 12 179,87 so‘mni tashkil etmoqda. Bugungi trendda dollar yagona ko‘tarilish qayd etgan valyuta bo‘ldi.
Yevro kursida pasayish kuzatildi. Ushbu valyuta 23.41 so‘mga arzonlab, 14 117,85 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham pasayishda davom etib, 1.94 so‘mga arzonladi va 149.80 so‘mga teng bo‘ldi.
Britaniya funt sterlingi sezilarli darajada, ya’ni 39.99 so‘mga arzonlab, 16 306.31 so‘mga tushdi. Shuningdek, Shveysariya franki ham 97.6 so‘mga arzonlashib, 15 407.10 so‘mni tashkil qildi. Xitoy yuani 6.16 so‘mga va Yapon iyenasi 0.28 so‘mga pastlab, mos ravishda 1 763.92 so‘m va 76.60 so‘m qiymatida qayd etildi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Iqtisodiyot
» 27 mart uchun rasmiy valyuta kurslari e’lon qilindi
So’nggi yangiliklar
Eron Azmunni qora ro‘yxatga kiritib mulkini musodara qilmoqda
Bugun, 12:05
Jarqo'rg'on tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 11:39
Putin biznes vakillaridan urush uchun ixtiyoriy moliyaviy yordam so‘radi
Bugun, 11:33
