in

2025 yil aprelidan Oʻzbekistondagi barcha dorixonalar va klinikalar QQS toʻlashga oʻtadi

2025 yil 1 apreldan Oʻzbekistonda farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yoki tibbiy xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlay boshlaydi.

27 dekabrdagi farmonga koʻra, bunda realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha berilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheklari, rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar hamda boshqa tashqi va ichki ma’lumotlar asosida soliq organlari tomonidan QQS boʻyicha hisobotlar avtomatik tarzda shakllantirib boriladi.

Bundan tashqari, farmatsevtika ishlab chiqarishda qoʻllanadigan import poliztilen xomashyosi uchun belgilangan aktsiz soligʻini bekor qilish koʻzda tutilgan.

Oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini 2025 yil martigacha ishlab chiqish vazifasi qoʻyilgan. Shundan soʻng u parlament va prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi?