Aktrisa Zuhra Soliyeva intervyularidan birida hayoti davomida muhim bir haqiqatni anglab yetganini samimiy tarzda so‘zlab berdi. Uning aytishicha, inson bir narsani haddan ortiq xohlab, faqat shunga intilsa, ba’zan o‘sha narsa undan uzoqlashib borar ekan.
Aktrisa o‘z hayotidan misol keltirib, quyidagilarni aytdi:
“Men faqat o‘z hayotim haqida gapira olaman, boshqalarniki emas. Turmushga chiqdim, farzandli bo‘lay deb. Shu xohish bilan 4 yil kurashdim. Har xil yo‘llarni qidirdim, u yoqqa bordim, bu yoqqa bordim — balki shunday qilsam bo‘lar, deb tinmay harakat qildim.
Ammo shunchalik qattiq intilganim sari bu orzu mendan uzoqlashgandek bo‘ldi. Chunki men o‘zimni unutib qo‘ydim — faqat bitta narsani o‘ylab yashadim. Hatto turmushimdagi og‘ir holatlarni ham ko‘p bora kechirdim. Erimning xiyonatini ham, qattiq gaplarini ham, hatto zulmini ham kechirdim. Faqat farzandli bo‘lish uchun hamma narsaga ko‘ndim, hamma narsani bardosh bilan qabul qildim.
Lekin vaqt o‘tib tushundimki, inson ba’zi narsalarni o‘z holiga qo‘yishi, Allohga topshirishi kerak ekan. Chunki haddan ortiq talpinish ba’zan aks natija berar ekan”.
Aktrisaning bu samimĭ iqrorlari ijtimoiy tarmoqlarda ham katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab muxlislar uning fikrlarini qo‘llab-quvvatlab, bu gaplarda hayotiy haqiqat borligini ta’kidlashmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)
So’nggi yangiliklar
Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Bugun, 11:59
O'zbekiston hayit namozi vaqtlarini e'lon qildi
Bugun, 11:59
Tramp ko'proq qo'shin yuborishni ko'rib chiqmoqda
Bugun, 10:49
