Xonanda Zohida Umarova “Mening yurtim” telekanalining “O‘zimizning gaplar” ko‘rsatuviga bergan intervyusida “Ovoz” loyihasidagi ishtirokidan so‘ng qizi Madlen Sharipovaga bo‘lgan negativlarni qanday qabul qilgani haqida so‘zlab
berdi
.
— Hozir san’atkorligimni yig‘ishtirib qo‘yamiz. Bu yerda oddiy ona — Zohida Umarova bor. Qaysi bir ona bolasining kamolidan xursand bo‘lmaydi? Qaysi bir ona bolasining kamolidan maqtanmaydi? Qaysi ona bolasini toptab tashlashsa, unga o‘lim tilashsa, xursand bo‘ladi?
Madlen siz uchun faqat qo‘shiq kuyladi. Boshqa bir jinoyat yoki ma’muriy jazoga tortiladigan ish qilgani yo‘q. U sahnaga chiqib, ko‘ngil berdi sizga. Bilasizmi, biz xasta odamlarmiz. Qaysi ma’nodaki, bizning ko‘nglimiz xasta, ruhimiz emas. Biz ko‘ngli bilan xasta insonlarmiz va sizni ham xastaligingizni his etib, o‘sha xastalikni sizdan aritish uchun sahnada qo‘shiq aytamiz. Menga bu juda og‘ir bo‘ldi. Men uch kun uxlamadim. Uch kun! Loyiha tugadi, lekin uch kun men o‘zimda emasdim. Nega bolamga o‘lim tilashdi? Sizga nima yomonlik qildi?
Bilasizmi, siz o‘lim tilayotgan san’atkorning orqasida uning oilasi, ko‘rinmas rishtalar bilan bog‘langan oilalar turibdi! Final kuni Madlenni olib ketyapman, qaynotasi qo‘ng‘iroq qilib: “Madlenxon, siz xafa bo‘lmang, odamlar gapiraveradi, hammasi yaxshi”, deb buni qo‘llab-quvvatlayapti, deydi Zohida Umarova.
Zohida Umarova, shuningdek, ayni paytda hit qo‘shiq yaratish istagida yashayotgani haqida ham so‘zlab berdi.
— Bittagina qo‘shiq yarata olmayapman-da, deb yuribman. Balki bunga ikki yil ketar, balki uch kun. Yana bitta hit qo‘shiq yaratish istagi bilan yashayapman. O‘sha mustaqil bo‘lgan davrimizda “Musofir bo‘lmaguncha” degan qo‘shiq aytib, tanilganman. Lekin endi yaratiladigan qo‘shig‘im qanaqa, qanday mavzuda bo‘lishini hali bilmayman, deydi u.
Zohida Umarova farzandlar tabriyasi bilan uyda o‘tirgan, san’atdan uzoq paytida ko‘nglidan qanday hislar o‘tgani haqida ham gapirib o‘tdi.
— Ancha muddat o‘sha san’atkorlar qozonida qaynamay qoldim. Endi baribir bizning hayotimiz to‘ylar bilan bog‘liq. Ba’zan o‘sha yillarda to‘ylarga borsam, bir chekkada qolib ketsam: “Eh, nahotki men shunaqa chetda qolyapman? Men axir Zohida Umarovaman-ku?”, derdim. Hozir o‘sha paytlarni Yorqinxo‘jaga kulib aytib beraman, deydi xonanda.
Mavzuga oid yangiliklar