Zayn Malik
– sobiq
One Direction
guruhining a’zosi va hozirgi yakkaxon ijodkor — muxlislarini yangi
“Konnakol”
nomli
beshinchi studiyaviy albomi
bilan xursand qilmoqda. Albom
2026 yil 17 aprel
kuni rasman taqdim etiladi.
Yangi albomning
yetakchi trek
i —
“Die for Me”
esa 6 fevral kuni reliz qilinib, qisqa vaqt ichida musiqasevarlar orasida mashhurlikka erishdi.
Zayn bu albomni “
eng shaxsiy loyiham
” deb atagan. Unga ko‘ra, “Konnakol” albomi
Janubiy Osiyo madaniyati
va uning
merosi
bilan bevosita bog‘liq. Albom muqovasida esa
qor qoploni
tasvirlangan — bu ham mintaqaning muhim timsollaridan biridir.
Zayn albomdagi bir nechta yangi qo‘shiqlarni
Las-Vegasdagi maxsus rezident shousida
ilk marta ijro etdi. Muxlislar shouda
maxsus audio budkalarda
albomdan qismlar tinglash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Albom chiqarilishi oldidan, Malik o‘zining musiqiy yo‘nalishida yangi burilish yasayotgani, milliy ildizlarga murojaat qilganini bildirgan. U nafaqat musiqasi, balki albom konsepsiyasi orqali ham
meros, madaniyat va shaxsiy o‘sish
g‘oyalarini ifodalamoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Zayn Malik “Konnakol” albomi bilan musiqaga qaytmoqda
So’nggi yangiliklar
Eldor Shomurodov uchun kurash to‘xtamadi: "Bashakshehir" post bilan chiqdi…
Bugun, 12:09
Spalletti shartnoma uzaytirishga shoshilmaslikka chaqirdi
Bugun, 11:55
Gaslin Zaxaryan jarohati raqiblarga imkoniyat berdi
