O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijtimoiy tarmoqlarda joylagan videomurojaatida ijod va san’at olamidagi ayrim holatlarga munosabat bildirdi. Xonanda o‘z chiqishida uning atrofida yurgan ayrim shaxslar qisqa vaqt ichida “yulduz”ga aylanib qolganini ta’kidladi.
Uning aytishicha, haqiqiy san’atkor doimo kamtar bo‘lishi va oyog‘i yerdan uzilmasligi kerak. “Ollohga shukr, men hali ham o‘z mehnatim,bilmim bilan harakat qilib kelyapman”, deya qayd etdi u.
Yulduz Usmonova ayrim ijodkorlar qisqa fursatda o‘zlarini shoir yoki san’at namoyondasi sifatida ko‘rsatayotganini tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, 40-yillik ijodi davomida qo‘shiqlarining asosiy qismi matni va kuyini o‘zi yaratgan.
Xonanda katta shoirlar — Mahmud Toir, Muhammad Yusuf va Ohunjon Hakimov ijodiga murojaat qilib kelganini aytdi. Shuningdek, u kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.
Videomurojaatda san’atkor ayrim zamonaviy ijodkorlarning sun’iy intellekt vositalaridan foydalanayotganini ham tilga oldi. Uning fikricha, haqiqiy ijod qalb va bilim bilan yaratiladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Yulduz Usmonova yonida yurib “zvezda” bo‘lib qolganlarni keskin tanqid qildi
So’nggi yangiliklar
Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi
Bugun, 11:29
23 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi
Bugun, 11:26
BAFTA mukofoti g‘oliblari Londonda tantanali ravishda taqdirlandi
