in

Yulduz Turdiyeva uchun eng zo‘r xonanda kim?

Xonanda Yulduz Turdiyevaga intervyu davomida qiziqarli savol berildi: “Bugungi kunda estradada eng zo‘r xonanda kim?”

Savolga u hech qanday ikkilanishsiz javob berdi va Yulduz Usmonova nomini tilga oldi.

“Juda ham ko‘p qo‘shiqlari, sanoqsiz xitlari bor. Oxirgi vaqtlarda ham juda chiroyli taronalar yaratyapti. Tinimsiz ijod qiladi. Albatta, barcha ijodkorlar ham yaxshi qo‘shiqlar yaratishyapti. Lekin men uchun ustoz san’atkor — Yulduz Usmonova”, — dedi xonanda.

Uning bu fikri ijtimoiy tarmoqlarda ham faol muhokamaga sabab bo‘ldi. Izohlarda ko‘pchilik foydalanuvchilar xonandaning fikriga qo‘shilib, Yulduz Usmonovani o‘zbek estradasining eng kuchli va tinimsiz ijod qiladigan san’atkorlaridan biri sifatida baholashdi.

Shu tariqa, Yulduz Turdiyevaning samimiy javobi muxlislar orasida iliq qabul qilinib, san’atkorlar o‘rtasidagi hurmat va e’tirofni yana bir bor namoyon etdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Yulduz Turdiyeva uchun eng zo‘r xonanda kim?

So’nggi yangiliklar

Tashiyev Hayit namozida qatnashdi va o‘zi xafa qilganlardan kechirim so‘radi (video)

Bugun, 11:57

Zokir Ochildiyev: “Ota-onani rozi qilishni kechiktirmang”

Bugun, 11:05

O‘zbekistonda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi keskin o‘sdi

Bugun, 10:47