in

Yulduz Turdiyeva: "O‘zim birinchi uzr so‘rayman"

Xonanda Yulduz Turdiyeva turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan muhabbati o‘zgacha ekanini, ular ba’zan janjallashib turishlarini va ko‘pincha yarashish uchun birinchi bo‘lib o‘zi uzr so‘rashini ochiqladi.

— Shu kungacha yetib kelishimda ota-onam, yaqinlarim va turmush o‘rtog‘imning o‘rni alohida. Ulug‘bek meni qo‘llab-quvvatlamasa, avaylab-asramasa, bunaqa ijod qila olmasdim. Shuning uchun unga bo‘lgan muhabbatim, albatta, boshqacha, — dedi xonanda.

Suhbat davomida undan turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib turish-turmasligi so‘ralganda, Yulduz Turdiyeva quyidagicha javob berdi:

— Ha, albatta, bo‘lib turadi. Aslida rashk qilaman. “Noto‘g‘ri rashk” deydiyu shunaqa. Hayotda rashk ham, sevgi ham, janjal va tushunmovchiliklar ham bo‘ladi. Lekin bir tomon jim bo‘lsa, hayot go‘zal bo‘ladi.

Shuningdek, “Urushib qolganingizda kim birinchi bo‘lib uzr so‘raydi?” degan savolga xonanda shunday dedi:

— Ulug‘bek hech qachon birinchi bo‘lib uzr so‘ramaydilar. Chunki ko‘pincha ayb menda bo‘ladi. Kutaman, keyin sabrim yetmay, o‘zim uzr so‘rayman. Shuning uchun ayol kishi jim bo‘lishi kerak. Jim bo‘lsa, hayot chiroyli bo‘ladi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Yulduz Turdiyeva: “O‘zim birinchi uzr so‘rayman”

So’nggi yangiliklar

Pokiston Afg‘onistondagi “Tolibon”ga qarshi ochiq urush boshladi

Bugun, 12:11

Peterburgda qahramonlik ko‘rsatgan Xayrullo munosib taqdirlandi

Bugun, 12:07

Bavariya Noyer ketadigan bo'lsa, vorisini belgilab qo'ydi