in

Yulduz Turdiyeva farzandlarining san’at yo‘lidan ketishini xohlamasligini aytdi

Xonanda Yulduz Turdiyeva farzandlarining kelajakda san’at yo‘lini tanlashini unchalik xohlamasligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, katta o‘g‘li yaqinda 17 yoshga to‘lgan va vaqti-vaqti bilan gitara chalib turadi.

Xonanda o‘g‘li bilan bo‘lgan suhbatini ham eslab o‘tdi:

— “Mehroj, san’atga qiziqishing bormi?” — deb so‘raganman. Shunda o‘g‘lim: “Oyi, bir bastakor qo‘shiq tashabdi, o‘sha qo‘shiqni men aytsam bo‘ladimi? Juda yoqdi”, — dedi. Men esa: “Xo‘p, unda avval menga aytib ber-chi”, — dedim. Ammo u: “Yo‘q, oyi, sizdan uyalaman”, — deb javob berdi, — deya hikoya qiladi xonanda.

Shu bilan birga, Yulduz Turdiyeva farzandlari masalasida qat’iy taqiq yo‘qligini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bolalari haqiqatan ham san’atga qobiliyatli bo‘lsa va bu yo‘lda o‘zini ko‘rsata olsa, u holda qarshilik qilmaydi.

— Agar farzandlarim chindan ham zo‘r bo‘lsa, ularni to‘xtatmayman. Chunki san’atni majburan tark etib bo‘lmaydi — bu ichki ehtiyoj, inson kasal bo‘lib qoladi, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Yulduz Turdiyeva farzandlarining san’at yo‘lidan ketishini xohlamasligini aytdi

So’nggi yangiliklar

Marselda xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq xavotir uyg'otdi

Bugun, 12:05

"Strandja" turnirida bugun to‘qqiz nafar bokschimiz ringga chiqadi

Bugun, 11:59

Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon