in

Yasminadan yangi qiziqarli video: “Oyim ishga borsinlarmi?” (video)

Xonanda Sardor Mamadaliyev “IntervyuTV” ko‘rsatuviga bergan suhbatida unga: “Siz uchun oliyjanob xonandalar kimlar?” degan savol berildi.

Savolga javoban xonanda biroz o‘ylanib, o‘z fikrlarini samimiy tarzda bayon qildi:

“Men uchun oliyjanob xonandalar — bu qo‘shiqlarini qizg‘onmaydigan insonlar. Masalan, Ahad Qayum. U kishi hech kimdan she’rlari uchun pul olmagan, mendan ham olmagan. Yana Ozodbek Nazarbekov ham shunday insonlardan.

Bir safar Ozod akamning shousiga chiqib, “Meni sevib qolsayding” qo‘shiqlarini ijro etganman. Ularga yoqdi shekilli, Sardor, mana shu qo‘shiq senga, deb aytdilar. Men esa shu qo‘shiqqa klip suratga olmoqchiman deganimda, klip ham olaver, nima qilsang qil, deb ruxsat berdilar.

Ochig‘i, qanday qilib qo‘shiqni qizg‘anish mumkinligini tushunmayman. Biz bu qo‘shiqlarga faqat sababchimiz, xolos. Aslida ular bizniki emas — Allohniki. Bizga bu qo‘shiqlarni Alloh bergan”, — deya ta’kidladi xonanda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Sardor Mamadaliyev uchun oliyjanob xonandalar kimlar? Xonandaning javobi

So’nggi yangiliklar

Ramazon hayiti kuni ob-havo syurpriz qiladi: ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun, 11:59

O'zbekiston hayit namozi vaqtlarini e'lon qildi

Bugun, 11:59

Zuhra Soliyeva: “Farzandli bo‘lish uchun 4 yil kurashdim” (video)

Bugun, 11:00