Aktrisa Xonzoda Kambarova “Nima ovqat” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi va dastur davomida tomoshabinlar uchun yoqimli yangilikni e’lon qildi.
Ko‘rsatuv boshlovchisi aktrisadan:
— “Siz hozir baxtlimisiz, 100 foizdan necha foiz baxtlisiz?” — deb so‘radi.
Xonzoda esa samimiy tarzda shunday javob berdi:
— Albatta, baxtliman. 100 foiz emas, 1000 foiz baxtliman. Nega baxtli bo‘lmay? Yeganim oldimda, yemaganim orqamda. Farzandlarim yonimda, qorni to‘q, sog‘-salomat. Eng muhimi — yaqin kunlarda yana turmushga chiqaman.
Shundan so‘ng boshlovchi:
— “Rostdanmi? Yigitingiz hozir bormi? Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingiz haqida ozgina ma’lumot bersangiz, juda xursand bo‘lardik”, — deya qiziqdi.
Aktrisa bu savolga ham ochiq javob berdi:
— Ha, albatta, rost. Sovchi-povchilar kelgan, hammasi bo‘lgan. Ular internetni ham, san’atni ham yoqtirmaydilar. Hatto aktrisaligimga ham qarshilar. Hammasini yopib yuborsang ham roziman deydilar, — dedi u.
Mazkur xushxabar tomoshabinlarni quvontirdi va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muxlislar Xonzodaga baxt va omad tilab, iliq izohlar qoldirdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Madaniyat
» Xonzoda tez orada turmushga chiqishini ma’lum qildi
So’nggi yangiliklar
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasiga murabbiy sifatida qaytadi
Bugun, 11:47
Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi
Bugun, 11:45
Verder Shimoliy Amerika safaridan voz kechishini e'lon qildi
