in

Xonanda Manzura 48 yoshini butunlay noodatiy tarzda kutib oldi

Xonanda Manzura 21 fevral kuni 48 yoshni qarshi oldi. San’atkor ushbu quvonchli sanani oilasi, turmush o‘rtog‘i va yaqin do‘stlari davrasida nishonladi.

Bayram kechasidan videolavhalar xonandaning Instagram sahifasida e’lon qilindi. Qisqa vaqt ichida ushbu lavhalar muxlislar e’tiborini tortdi.

Manzura izohlardan birida shunday deb yozdi: “Ajoyib kecha… Podshoim, O‘zbekistonimda yaqinlarim davrasida shukrona kunimni o‘tkazdik. Dildoraning talabiga binoan “Kelin salom”ni Munojatjon ijrosida”.

Bayram muhiti milliy an’analar va samimiy lahzalar bilan bezatilgani ko‘pchilikka manzur bo‘ldi. Xonandaning muxlislari izohlarda unga sog‘liq-salomatlik va ijodiy muvaffaqiyatlar tilamoqda.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Madaniyat

» Xonanda Manzura 48 yoshini butunlay noodatiy tarzda kutib oldi

So’nggi yangiliklar

PSJ Senni Meyulu bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

Bugun, 11:56

Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishidan hayratlanmadi

Bugun, 11:53

Meksikada dahshatli narkobaron yo‘q qilindi: Jaliskoda qonli javob bo‘ldi